Sirdaryoda quyi bo‘g‘inlar faoliyati sarhisob qilinmoqda
07.10.2019, 16:40
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida saylovoldi hisobot konferensiyalari bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi mavjud 633 ta BPTlardagi hisobot-saylov konferensiyalarida 22 ming 144 nafar partiya a’zolarining ishtiroki ta’minlandi.
Jumladan, mazkur jarayon partiyaning Yangiyer tuman Kengashi tasarrufidagi 35 ta boshlang‘ich partiya tashkilotida ham qizg‘in kechdi. “Nozigul-Sardor-Oqoltin” MChJ, Yangiyer shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi, “Yangiyer shahar gaz” filiali, "Gulfayz-Nur" MChJ, Yangiyer temir beton konstruksiyalari zavodi, “Obod yurt” mahallasi, tuman Tibbiyot birlashmasi bolalar bo‘limi kabi tashkilot va muassasalar qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov konferensiyalarida quyi bo‘g‘inlar faoliyatini jonlantirish, saylovlarda yoshlar va maslakdoshlarimizning faolligini ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. O’zLiDeP g‘oya va maqsadlari, uning Saylovoldi platformasidagi maqsad-vazifalari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
- Bu yil davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovlar o‘tishini nazarda tutsak, partiyamizning saylovda muvaffaqiyat qozonishi ko‘p jihatdan boshlang‘ich partiya tashkilotlari faolligiga ham bog‘liq. Shunday ekan, tashkilotimiz qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotimiz faoliyatini yanada jonlantirishimiz, partiyaviy targ‘ibotni kuchaytirishimiz lozim, - dedi “Nozigul-Sardor-Oqoltin” MChJ qoshidagi BPT rahbari Gulchehra Jonjigitova. - Boshlang‘ich partiya tashkilotiga jamlangan a’zolar soni saylovdan saylovgacha bo‘lgan muddatda ikki barobarga ko‘paydi. Hozirda BPT o‘z safiga 50 nafarga yaqin partiya a’zolarini jamlagan.
Shuningdek, Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston, Xovos hamda Boyovut tumanlaridagi BPTlarda hisobot-saylov konferensiyalari namunali tarzda o‘tdi.
Quyi bo‘g‘in yig‘ishlarida partiya tuman Kengashining konferensiyasiga delegatlar saylandi.
Komiljon BURHONOV,
O`zLiDeP viloyat Kengashi
BPTlar bilan ishlash
guruhi rahbari
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Bildirilgan fikrlar
Meliqulov.ulugbek.Farxodovich 2020-05-16 00:06:17
O'zbekiston.Respublikasi.Boshvaziri.Abdulla.Aripov.Nigmatovichga.iltilomos.qilaman.Men.Meliqulov.Ulugbek..men.ota onam.vafotetgan.meni.2 nafar.ukambor.men.ukamniuqutishim.kerak.ishka.kirgishim.kerak uylantirishim.kerak.va.uzim.uylanishim.kerak.Meni.Navoiy..da.ota.onam.xechkim.yodam bermadi.Vertual Qabulxonasi.2017yil.dabirmirjatqilman.2020.men.Abdulla.Aripov.Boshvaziri.Qabuliga.kirishimuch.yordam.berishingizni.iltimos.qilaman.942571718