Bilim olish – konstitutsiyaviy huquqimizdir

22.12.2017, 17:35

Bilim olish – konstitutsiyaviy huquqimizdir

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan O‘zLiDeP Toshkent viloyati  Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan Bekobod shahridagi “Yoshlar markazi”ida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati”, mavzusida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.

Unda O‘zLiDeP Toshkent viloyati  va Bekobod shahar Kengashi xodimlari, deputatlar, partiya faollari, BPT a’zolari va Toshkent shahridagi “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi vakillari, o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Prezidentimizning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini keng muhokama etildi.

– Bilim olish insonni yetuklik sari yetaklaydi, inson ma’naviyatini shakllantiradi, – deydi “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi xodimi, shoir va tarjimon Vafo Fayzulloh. – Bosh qomusimizning 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga egaligi, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi belgilab qo‘yilgan. Demak, bizning yetuk bo‘lishimiz, ajdodlar merosini saqlashimiz hamda chuqur bilimlarga ega bo‘lishimiz Bosh qomusimizda kafolatlab qo‘yilgan.

Tadbir so‘nggida yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, ularda mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa, ta’lim muassasalari, mahalla, har bir oilada kitobxonlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi. 

A.TUYChIYEV

 O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1675
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+