Milliy g‘urur va iftixorimiz timsoli

14.01.2020, 16:26

Milliy g‘urur va iftixorimiz timsoli

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Farg‘ona viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda.

Ushbu sana munosabati bilan “Farg‘ona xalqaro aeroporti” MChJda “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

“Yurtimizda bayramlar, tarixiy sanalar ko‘p. Ammo yurt tinchligi, osmonimiz musaffoligi, davlatimiz chegaralarining daxlsizligini ta’minlovchi qudratli kuch – Vatan himoyachilari kuni bayramining alohida qadr-qimmati, ahamiyati bor. Shu sababli ushbu sana munosabati bilan joylarda ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli sport musobaqalari o‘tkazib kelyapmiz. Maqsad bitta, Vatan — muqaddas, uni himoya qilish har bir yigit-qizning sharafli burchi ekanligi yoshlarimizga eslatish, ma’nan va jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalashdan iboratdir”, – deydi O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi raisi S.Komilova.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Farg‘ona xalqaro aeroportidagi harbiy texnikalar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Sh.TO‘XTAMATOV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1557
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+