O‘zLiDeP vakili amudaryolik yoshlar bilan uchrashdi
16.01.2020, 17:03
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Sharapat Otemisov amudaryolik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tuman hokimligi, tegishli tashkilot va idora vakillari, partiya faollari ishtirok etgan uchrashuvda so‘nggi uch yilda tumanda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish borasida ulkan ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.
“Joylarda bo‘lgani kabi Amudaryo tumanida ham yoshlarning o‘z tadbirkorligini tashkil etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, ularga biznes-reja tuzishdan tadbirkorlikni yuritishgacha bo‘lgan barcha jarayonda iqtisodiy, huquqiy, moddiy va ma’naviy ko‘mak berilmoqda. Masalan, birgina o‘tgan yilda partiya ko‘magida ko‘plab yoshlarimiz tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit olib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishdi”, – deydi Sh.Otemisov.
Uchrashuvda yoshlarning taklif, istaklari va muammolari tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
-
Maktab bitiruvchilari yoshlar kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi
01.03.2024, 22:13
Fikringizni qoldiring