Oltinko‘llik tadbirkorning mahuslotlari ichki bozorda xaridorgir

16.01.2020, 17:12

Oltinko‘llik tadbirkorning mahuslotlari  ichki bozorda xaridorgir

Oltinko‘l tumani “Ijtimoiyat” MFY hududida joylashgan “Nodirbek” MChJ bundan ikki yil avval faoliyat boshlagan edi. Ayni paytda Sardorbek Ismoilov rahbarlik qilib kelayotgan korxonada 20 nafarga yaqin xotin-qiz ish bilan band. E’tiborlisi, bu yerda ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlari ichki bozorda xaridorgir.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan korxona qoshidagi BPTda “Mulkdorlar qatlami manfaatlarini himoya qilish – O‘zLiDePning ustuvor vazifasidir” mavzusida tashkil etilgan tadbirda bu haqda ma’lum qilindi.

Unda so‘z olgan partiya viloyat Kengashi bo‘lim mudiri H.Xasanxonov va boshqalar ishtirokchilarni mavzu doirasida yangi qabul qilingan me’yoriy hujjatlar bilan yaqindan tanishtirdi.

“Ochig‘i, bugungi tadbir bahona biz ham tadbirkorlik borasida qiziqishlarimizni yuzaga chiqarish uchun imkoniyatlarimiz borligini tushundik, – deydi korxona ishchisi Gulmiraxon Parpiyeva. – Berilgan maslahat va tavsiyalar bilan, kelgusida albatta tikuvchilik yo‘nalishida biznes loyiha ishlab chiqib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchiman”.

Diyorbek ABDUSAMATOV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    698
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+