Buyuk kelajagimiz bugundan boshlanadi
26.12.2017, 16:18

O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJda faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan “Konstitutsiya - erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevori” nomli o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda zavod xodimlari va partiya faollari ishtirok etdi.
O‘quv-seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad – Prezidentimizning konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida takidlangan vazifalarni O‘zLiDePning boshlang‘ich partiya tashkilotlari, mas’ul xodimlar va partiya faollariga yetkazishdir.
O‘quv-seminarda ishtirok etgan partiya faollari va targ‘ibot guruhi a’zolari yig‘ilganlarga “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi” to‘g‘risidagi normaga asosan belgilangan “Ma’muriy islohotlar Konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyati “Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda ichki ishlar idoralarining o‘rni”, “Buyuk kelajagimiz bugundan boshlanadi” mavzularida hamda mazkur ma’ruzadan kelib chiqadigan O‘zLiDePning ustuvor vazifalari nimalardan iborat ekani borasidagi fikrlarni aniq misollar bilan keltirdilar.
O‘quv-seminarida ishtirokchilar ma’ruzachilardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga artoflicha javob oldilar.
Tadbir yakunida mazkur zavodda faoliyat olib boruvchi partiya a’zolari bo‘lgan ishchi va hizmatchilar O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi tomonidan tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ahmadjon ORIPOV,
O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi raisining
birinchi o‘rinbosari-appatar rahbari
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
-
Murojaatnoma targ‘iboti kengaymoqda
20.01.2023, 09:45
-
Ta’lim sifatini oshirish masalasiga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi
11.01.2023, 16:31
-
Murojaatnoma mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan o‘quv seminar o‘tkazilmoqda
30.12.2022, 16:27
Fikringizni qoldiring