Besh tashabbus zamirida qanchalik ezgu maqsadlar mujassam ekanini uning mohiyatini to‘g‘ri tushunganlar teran his etadi
22.01.2020, 10:03

Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Bu besh tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Nega deganda bu tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan.
O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan Navoiy tibbiyot kollejida o‘tkazilgan ochiq muloqotda bu haqda alohida ta’kidlandi.
“Bu tashabbuslar zamirida qanchalik ezgu maqsadlar mujassam ekanini uning mohiyatini to‘g‘ri tushunganlar teran his etadi. Oila tarbiyasining mantiqiy davomi hisoblangan ana shu 5 tashabbusni to‘laqonli amalga oshirishni biz, barcha partiya vakillari, deputatlar o‘z zimmasiga olishi zarur, – deydi Navoiy tibbiyot kolleji o‘qituvchisi Shahnoza Soliyeva. – Zotan, bugun o‘zini jamiyat taraqqiyoti uchun burchliman, degan inson uyg‘onmasa bo‘lmaydi! Uyg‘oqlik – jamiyat hayotiga befarq bo‘lmaslik, loqayd yashamaslik demakdir!”
Tadbirda shuningdek, Prezident tashabbusidan kelib chiqib, mamlakatimizda yosh avlodni ma’naviy barkamol inson etib tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, ularning san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish masalasi ham muhokama qilindi.
J.ASLONOV,
O‘zLiDeP Navoiy viloyat
Kengashi yoshlar bilan
ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi
25.09.2023, 17:01
-
Yoshlar masalasi yana bir bor yuksak minbardan yangradi
25.09.2023, 16:33
-
Partiyaviy loyihalar yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda
22.09.2023, 15:26
-
Samarqandlik talabalarga “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati tushuntirildi
22.09.2023, 15:16
-
O’zLiDePdan 100 loyiha: Yosh olimlar Ligasi
22.09.2023, 15:03
Fikringizni qoldiring