O‘zLiDeP ko‘magida dang‘aralik 12 nafar ishsiz ayollar ishli bo‘ldi

12.02.2020, 15:49

O‘zLiDeP ko‘magida dang‘aralik 12 nafar ishsiz ayollar ishli bo‘ldi

Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimiz turmush darajasini yuksaltirish va odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashini ta’minlashga qaratilgan. Mazkur jarayonda xotin-qizlarning ijtimoiy-maishiy ahvolini yaxshilash, bandligini ta’minlash, daromadlarini ko‘paytirish muhim hisoblanadi.

Bu borada O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda ayniqsa, partiyaning “Ayollar qanoti” tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Bunyodkor ayollar” loyihasi ham muhim o‘rin tutmoqda. Loyiha doirasida har yili yuzlab xotin-qizlarning muammolari hal etilyapti, yana yuzlab ayollarning bandligi ta’minlanmoqda.

Partiyaning mazkur loyihasi doirasida Dang‘ar tumanidagi “AYUBXON TEXTIL” mas’uliyati cheklangan jamiyatida hududdagi ishsiz ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Ushbu korxonaga xalq deputatlari Dang‘ara tuman  Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Dilshodaxon Usmonova rahbarlik qilib kelmoqda.

Hozirgi kunda ushbu korxonada yuz nafarga yaqin xotin-qizlar faoliyat yuritib kelmoqda. Ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlari ichki bozorlarda o‘z xaridorlariga ega.

Tadbir doirasida ushbu korxonaga 12 nafar ishsiz ayollar ishga qabul qilindi. Korxonaning 10 nafar ishchi xodimi esa partiya a’zosi bo‘ldi.

Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha bunday loyihalar davom etmoqda.

Shohista TOLIPOVA,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi mutaxassisi

  • Ko'rildi
    875
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+