O‘zLiDeP faoli Uchtepada tadbirkorlar uchun seminar-trening o‘tkazdi

18.02.2020, 16:54

O‘zLiDeP faoli Uchtepada tadbirkorlar uchun seminar-trening o‘tkazdi

O‘zLiDeP Uchtepa tuman Kengashi tomonidan tuman tadbirkorlari, ayniqsa, yosh tadbirkorlar va o‘z biznesini endi boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarni tadbirkorlik yo‘nalishidagi bilimlarini yanada oshirish, yetarlicha ma’lumotlar berish maqsadida “Tadbirkorlik san’ati” mavzuida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda dastlab Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, mamlakat rivojlanishi, uning iqtisodiyotini yanada yuqori bosqichga olib chiqishda avvalo innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, raqamli iqtisodiyotni joriy qilish orqaligina erishib bo‘ladi. Bunda albatta, ilm, fan-texnika yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish maqsadga muvofiqdir.

“Uchtepa tumanida bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, afsuski, yetarli darajada ta’minlanmagan. Masalan, ko‘pgina tadbirkorlik sub’ektlari innovatsion g‘oyalar orqali yangiliklarga intilib, fan-texnika yutuqlarini o‘z faoliyatlariga joriy etishlari qiyin kechmoqda. Bu muammoli masalalarni o‘rgangan holda tadbirkorlarga yo‘l ko‘rsatib, ularga yordam berish biz deputatlarning hissasi katta bo‘lishi kerak. Bugungi seminar ham ushbu muammoli masalalarni hal etishga qaratildi”, - deydi  O‘zLiDeP Uchtepa tumani Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Xakimov.

Seminar davomida ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Mashg‘ulotlar davomida tadbirkorlar va o‘z biznesini endi boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar tomonidan sohaga oid aniq takliflar, fikr-mulohazalar bildirib o‘tishdi. O‘tkazilgan seminar ishtirokchilar uchun ayni muddao bo‘ldi. Ko‘plab savollarga javob topishdi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    728
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+