Dolzarb mavzudagi seminar-trening
31.12.2017, 15:36

Shofirkon tuman hokimligida Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi «Konstitutsiya –erkin va farovon hayotimiz mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustaxkam poydevoridir» deb nomlangan ma’ruzasiga bag‘ishlangan o‘quv –seminari o‘tkazildi. Unda mahalliy Kengash deputatlari, partiyaning barcha bo‘g‘inlari va MFY faollari, talaba–yoshlar ishtirok etdilar.
O‘quv seminarda so‘z olganlar mmustaqillik yillarida mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etish yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirilganligini, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida bir qator yangi qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinganligini, bularning barchasi baxtimiz Qomusi – Konstitutsiyamiz sharofati ekanligini, yurtimizdagi barcha bunyodkorlik ishlarida xalqimiz faol ishtirok etayotganini ta’kidlashdi.
Seminar ishtirokchilari Prezidentimizning ma’ruzasida mamlakatimizda olib borilayotgan isloxotlar samarasi avvalambor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog‘liqligini ta’kidladilar. Ma’ruzada shuningdek, xalqimizning farovon hayotini ta’minlash maqsadida davlat hamda turli darajadagi ijro xokimiyati organlari oldida turgan birinchi galdagi vazifalar belgilab berilganligi aloxida qayd etildi.
O‘quv-seminari ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi. Tadbir davomida bir guruh yoshlarga partiya a’zolik guvohnomalari berildi. Partiya dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilishda jonbozlik ko‘rsatgan partiya faollari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi
Matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
-
Murojaatnoma targ‘iboti kengaymoqda
20.01.2023, 09:45
-
Ta’lim sifatini oshirish masalasiga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi
11.01.2023, 16:31
-
Murojaatnoma mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan o‘quv seminar o‘tkazilmoqda
30.12.2022, 16:27
Fikringizni qoldiring