Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam
25.02.2020, 18:07

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika markazi viloyat filiali bilan hamkorlikda “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” mavzusida tadbirkorlik faoliyatiga kiziqqan yangiyerlik yoshlar uchun o‘quv-seminar tashkil qilindi.
Ishtirokchilar tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirishdi. Shuningdek, ularga tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni himoya qilish bo‘yicha tushunchalar berildi. O‘quv-seminarda tadbirkorlikning qonunchilik asoslari, tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish va kommunikatsiyalarga ulanish, soliqdagi o‘zgarishlar va imtiyozlar, imtiyozli kredit turlari mavzusida ma’ruza va tushuntirishlar olib borildi.
O‘quv jarayonida aholini tadbirkorlik asoslariga o‘qitish va sohaga yo‘naltirishni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, “Yoshlar kelajagimiz” hamda “Har bir oila - tadbirkor” davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ham keng tushunchalar berildi.
Seminar davomida tinglovchilar bilan savol-javoblar o‘tkazildi.
Nafisa SULTONXONOVA,
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi
O‘zLiDeP deputatlik guruhining ijrochi kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Jizzaxda yangi saylangan deputatlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi
26.02.2020, 15:38
-
O‘zLiDeP deputatlik guruhlarining malakasi oshirilmoqda
18.02.2020, 16:44
-
“Saylanguncha faol, saylangandan so‘ng deputatlarni topib bo‘lmaydi...”
13.02.2020, 17:13
-
Sirdaryolik partiya faollarining siyosiy bilimlari oshirildi
17.09.2019, 18:46
-
G‘alaba strategiyasi
10.09.2019, 11:01
Fikringizni qoldiring