Boyovutliklar uchun yangi uy-joylar barpo etiladi
26.02.2020, 15:01

Boyovut tumanidagi “Ma’naviyat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Ziynat”, “Ijodkor” mahallasidagi “Ijodkor”, “Islomobod” ko‘chasidagi ikki qavatli, 18 xonadonli uylar 1956 yilda qurilgan. Bu ko‘p qavatli uylarning birida 72 nafar, ikkinchisida 45 va 53 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ammo bu imoratlar bugungi kunga kelib eskirib, uylardagi zaxlik miqdori ortgan. Bu esa aholi uchun birmuncha noqulayliklar tug‘dirmoqda.
Hududdagi ahvolni, aholining yashash tarzini o‘rgangan viloyat Kengashi deputati, Sirdaryo viloyat hokimi G‘ofirjon Mirzayev tomonidan uch oy muddat ichida bu yerda istiqomat qiluvchi aholi uchun yangi uy-joylar barpo etilib, ularni yangi uylarga ko‘chirish belgilandi.
Shuningdek, Boyovut tuman kengashi deputati Asqarali Odilov hamda O‘zLiDeP Boyovut tuman Kengashi apparat rahbari Manzura Dadayevalar ham kuni kecha hududdagi aholi bilan uchrashib ularning bugungi kundagi muammolarini o‘rganishdi.
Ular uy boshilari Rashida Badalova, Ra’no Soylarning aholini yangi uy-joylarga ko‘chirish tartiblari, eski uy-joylarga to‘lanadigan kompensatsiya miqdori, uy-joylar to‘lovlari bo‘yicha berilgan savollariga javob berishdi. Shuningdek, bu yerda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining muammolari o‘rganilib, ularga belgilangan tartibda amaliy yordam ko‘rsatilishi bildirildi.
Dilorom Esonova,
O‘zLiDeP Sirdaryo
viloyat Kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Referendum eng demokratik yondashuvdir
24.06.2022, 15:15
-
Deputatlik eshituvi: Marhamatda aholiga tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi
22.06.2022, 18:12
-
Baliqchida mahalla binolar bilan ta’minlanish holatlari yuzasidan mas’ul rahbarning hisoboti eshitildi
20.06.2022, 16:31
-
“Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida 15 nafar ishsiz ayollar o‘qitilib, sertifikatlar berildi
06.06.2022, 17:49
-
Deputatlar ko‘magida 217 nafar ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligi ta’minlandi
06.06.2022, 17:46
Fikringizni qoldiring