Jizzaxda yangi saylangan deputatlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

26.02.2020, 15:38

Jizzaxda yangi saylangan deputatlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalarning to‘liq ijrosini ta’minlashda partiya deputatlik guruhlarining faolligini oshirishga qaratilgan hududiy o‘quv-seminarlar davom etmoqda.

Jizzaxda xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlariga OzLiDePdan saylangan deputatlar, partiya viloyat, tuman (shahar) kengashi raisining o‘rinbosarlari, ijrochi kotiblari malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.

O‘quv seminar davomida “Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashi deputatlarining ish faoliyatini samarali tashkil etish mexanizmlari” hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashi deputatlarining huquqiy asoslari” mavzusidagi ma’ruzalarini tinglandi. Tadbir ishtirokchilariga xalq deputatlari Kengashining huquqiy maqomi, deputatning zarur sifatlari, deputatlarning majburiyatlari, deputatning sessiya oralig‘idagi faoliyati, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, murojaatlar bilan ishlashi, saylovchilarga o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot berish borasida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida shuningdek, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil qilishning yangicha shakllari, deputatning notiqlik san’ati va nutq madaniyati mutaxassislar tomonidan amaliy jarayonlarda ko‘rsatib berildi. “Deputatlik faoliyatining asosiy kafolatlari”, “Deputat va Ommaviy axborot vositalari” mavzularida qizg‘in bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.

- Xalq deputatlari tuman kengashiga partiyamizdan 15 nafar deputat saylangan bo‘li, eng katta deputatlik guruhiga egamiz. Elektoratimiz vakillarining qonuniy huquqlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bugungi kun deputatidan jonkuyarlik va fidoiylikni talab qiladi. Joylarda mahalliy Kengashlar sessiyalariga kiritilayotgan va muhokama qilinayotgan masalalarda deputatlardan yanada faollikni talab qtsiladi, - deydi xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashi deputati Oybek Esonov.

O`zLiDeP Jizzax viloyat kengashi tomonidan mazkur o‘quv seminarlar barcha tuman( shahar)larda tizimli ravishda tashkil etilishi belgilangan.

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    988
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+