Deputat Dilbar Usmonova nuroniy otaxon va onaxonlar bilan muloqot qildi (+foto)

28.02.2020, 11:04

Deputat Dilbar Usmonova nuroniy otaxon va onaxonlar bilan muloqot qildi (+foto)

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Dilbar Usmonova o‘z saylov okrugida bo‘lib, aholi muammolarini o‘rganish bilan bir qatorda faxriylar, yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlar holidan xabar olmoqda.

Xalq vakili Qibray tuman faxriylarni sog‘lomlashtirish markazida davolanayotgan keksa otaxon va onaxonlar bilan uchrashib dildan suhbatlashdi.

Deputat Dilbar Usmonova Prezidentimizning parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida fahriylarni e’zozlash, ardoqlashimiz, ularning sog‘ligini har kuni, har soatda o‘ylashimiz lozimligi, shu bilan bir qatorda joriy yilda ham nuroniylarimizga e’tibor yanada kuchaytirilishi, ularning yaxshi sog‘lomlashtirish maskanlarida dam olishi uchun barcha imkoniyat va imtiyozlar berilishi haqida to‘xtalib o‘tilganining o‘zi ham nuroniylarga qaratilgan katta e’tiborning namunasi ekanligini ta’kidladi.

Mazkur sog‘lomlashtirish markazida davolanayotgan faxriylar bilan suhbat jarayonida o‘zlarining fikr va mulohazalarini ham bildirib o‘tishdi. Ushbu maskanda davolanish istagida kelgan fuqarolarga yanada qulayliklar va sharoitlar yaratib berilishi uchun zamonaviy tibbiyot jixozlarini o‘rnatish ham muhimligini aytib o‘tishdi.

Shuningdek, deputat Dilbar Usmonova ushbu tumandagi “Umid Gulshani” sihatgohi hamda “KASABA TEKS” korxonasida ishlayotgan ishchi xotin-qizlar bilan ham ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqotlar jarayonida xotin-qizlarning tadbirkorlik va ishbilarmonlik bilan shug‘ullanishlari uchun ko‘plab imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilayotganligi xususida to‘xtalib o‘tdi.

Muloqotlar jarayonida partiya tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik sir-asrorlarini o‘rgatish, ishbilarmonlikka jalb qilish, eng chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan uyda o‘tirgan ayollarga ham biznes boshlashlarida ko‘maklashish borasida qilinayotgan amaliy ishlari haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.

Partiyaga qiziqishi bo‘lgan 10 nafar xotin-qizlar partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Diyora Boltayeva,

O‘zLiDeP Toshkent viloyat kengashi

ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    2008
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Risolat Bozorova Ulug'bekovna2022-04-17 20:26:05

Juda ham xursandaman. Õylaymanki bundanda koproq e'tibor hamda yuqori salahiyotli ishlar bajariladi degan umidaman Bitta iltimosim bor edi qibray tumani 1 idum GA tashrif buyurishlarini sorab qolgan bōlar edim. Ta'limni tekshirishlari uchun


Fikringizni qoldiring

+