O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

11.01.2018, 14:31

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi va tuman, shahar Kengashlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun mohiyati va undan kelib chiquvchi partiya mahalliy Kengashlari oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda.

Seminarlarda Murojaatnoma mazmunan juda kengligi, unda 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar sarhisob qilinib, mamlakatimizni 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlari haqida atroflicha so‘z yuritilganligi ta’kidlanmoqda.

Shuningdek, o‘quvlarda o‘tgan yilgi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida va Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor maqsad va vazifalardan kelib chiqib amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innavatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab–quvvatlash yili”da Partiyaning xududiy Kengashlari oldida turgan dolzarb masalalar atroflicha o‘rganilmoqda. Xususan, elektorat bilan faol ish olib borish, tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va ijtimoiy-iqtisodiy Dasturlarni o‘z vaqtida bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini olib borish kabi masalalarga e’tibor qaratilmoqda.

O‘zLiDeP Furqat, Quva, Qo‘shtepa, Yozyovon, O‘zbekiston tumani Kengashlari tomonidan tashkil etilgan o‘quv-seminarlarda yuqoridagi masalalar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.

J.Xalilov, O‘zLiDeP Qo‘shtepa tuman Kengashi xodimi:

—Mamlakatimiz rahbari tomonidan yilga bunday nom berilishining tub ma’nosi “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz” degan lo‘nda, lekin mohiyatan nihoyatda chuqur va keng fikrda o‘z aksini topdi. Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotida yangi, innovatsion yo‘lga, unga asoslangan rivojlanish modeliga o‘tmoqda. Chunki bilimga asoslangan iqtisodiyot asoslariga quriladigan innovatsion rivojlanish modeli mutlaqo o‘zgacha tamoyillarga, fundamentga asoslanadi. Eng asosiysi bunday rivojlanishni nafaqat ilm-fansiz, balki ushbu talablar darajasida fikrlayldigan tadbirkorlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘z navbatida bunday tadbirkorlarni mamlakatimiz rahbari faol tadbirkorlar deb nomlab, ma’ruzalarida faol tadbirkorning o‘zi kimligiga ham aniq ta’rif berib o‘tdilar.

A.Sulaymonov, Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati:

—2018 yilga Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb nomlanishi munosabati bilan barcha tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni 2 yilga to‘xtatish tashabbusi bu mamlakatimizdagi barcha tadbirkorlar uchun katta sovg‘a bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar ochib berilayotgani, bu borada berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar zamirida yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Shu o‘rinda Prezidentimizning “Tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi” degan so‘zlarini doimo yodda saqlashimiz zarur.

Abrorjon Otaboyev,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

Matbuot xizmati xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1754
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+