Sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi

28.07.2020, 14:46

Sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalari egalari o‘ziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalarini yoki yer uchastkasining bir qismini qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga vaqtinchalik foydalanishga berilishi bo‘yicha tartib-taomillar endilikda qonun loyihasida yangicha bandlar bilan o‘z ifodasini topdi. O’zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi keng muhokamalarga sabab bo‘lgani barchamizga ma’lum. Ayniqsa, bu borada hududlardagi o‘rganishlarimiz davomida juda ko‘p mulohazalarga, takliflarga duch kelganimiz ham haqiqat. Aslida ayni yo‘nalishdagi mavjud masalalarni hal qilish uchun joylarda fermerlar, yer va xo‘jalik egalari bilan atroflicha suhbatlashganmiz. Muammolarini o‘rganganmiz. Qonun loyihasiga taqdim etilgan bandlar, o‘zgartishlar, qo‘shimchalar shu mulohazalarning ko‘rinishi bo‘ldi.

Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini saqlab qolgan holda yer uchastkasini vaqtincha foydalanishga berishda endilikda yer uchastkalarini yoki yer uchastkasining bir qismini qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga vaqtinchalik foydalanishga berishi mumkin. Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish tartibi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi. Bunda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalari egalarining ushbu yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi saqlanib qoladi.

Shu o‘rinda yana bir muhim jihatni alohida qayd etish zarur. Chunonchi, sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, aytaylik, sanoat va fuqarolik ob’ektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmasligi ham belgilanadi. Albatta, bundan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan ajratiladigan yerlar mustasnoligini ta’kidlash joiz. Agar zarurat tufayli korxonalar, binolar va inshootlar qurilishi uchun alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yerlariga ehtiyoj tug‘ilsa, u holda bunday yerlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan beriladi.

Qonun loyihasida ko‘p duch kelinadigan yana bir holatga ham alohida izoh berilgani ahamiyatli. Ya’ni, dehqon xo‘jaliklari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish uchun ma’lum sabablarga ko‘ra yuridik yoki jismoniy shaxslarga vaqtincha foydalanish uchun berishi mumkin. Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish tartibi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi. Lekin bunday holatlarda ham meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi dehqon xo‘jaliklarida saqlanib qolaveradi.

Begali QODIROV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

  • Ko'rildi
    3623
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Afzalbek2023-03-26 12:21:14

Bizda fermerlar Sug‘oriladigan unimdor yerlarni Olma‘zor Uzimzor qilishayapti bu mumkunmi?


Ikromjon2022-03-21 17:36:10

Sugoriladigan yer maydoni olishim uchun amaliy komak berishingiz borasida kim bilan fikir almashsam boladi


Fikringizni qoldiring

+