Deputat ko‘magida "Turkiston" mahallasiga toza ichimlik suvi keldi

03.08.2020, 13:01

Deputat ko‘magida

Deputat xalqning ishonchli vakili sifatida saylovchilarning dardu tashvishlari,  ularning  turmush  sharoiti bilan yaqindan tanishib, muammo va kamchiliklarni  bartaraf etish, maqbul yechimlarini topishda tashabbuskor bo‘lishi kerak.

To‘rtko‘l tumani  "Turkiston" mahalla fuqarolar yig‘inida 4 ming 225 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Ushbu hududga  qarashli "Umid" va "Paxtakor" ko‘chalari  ahli  20 yildan buyon ichimlik suvidan aziyat chekmoqda.

Shu  kunga  qadar ular  qo‘shni mahalladan suv  ichgan. Ichimlik suvidan aziyat chekkan xalq esa  ushbu  hududdan  saylangan  Xalq deputatlari To‘rtko‘l  tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Baxtiyar Masharipovga murojaat etdi.  

Noib  darhol  ushbu  muammo yuzasidan  aholi bilan uchrashib, vaziyatni atroflicha o‘rganib chiqdi va "Qoraqalpoq suv ta’minot" mas’uliyati cheklangan jamiyati To‘rtko‘l tuman bo‘limi boshlig‘i O’.Matniyazovga  deputatlik so‘rovini yubordi.

Natijada korxona rahbariyati tegishli muhandislarini yubordi. Kerakli texnika vositalari biriktirilib, mahalla hududida rekonstruksiya ishlari olib borildi. Endilikda aholi toza ichimlik suvidan bahramand bo‘ladigan bo‘ldi.

O'zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1011
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+