Jamoat salomatligi xizmatining eng asosiy vazifasi virus zanjirini uzishdir

03.08.2020, 13:03

Jamoat salomatligi xizmatining eng asosiy vazifasi virus zanjirini uzishdir

Mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni tartibga solish bo‘yicha aniq ishlar amalga oshrilib kelinmoqda. Biroq baribir holat jiddiyligicha qolmoqda. Demak, yo‘nalishdagi tadbirlar ko‘lamini yanada kengaytirish uchun yanada chuqurroq tadbirlar rejasini ishlab chiqish zarur.

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 28 iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ayni masala muhokama markaziga chiqqani bejiz emas. Yurtimizda tobora infeksiya yuqtirganlar soni ortib borayotgani achinarli. Albatta, shundan kelib chiqib, karantin talablari ham 15 avgustga qadar uzaytirildi, pandemiyaga qarshi kurash ishlari esa kuchaytirildi. Bularning barchasi elimiz sog‘ligi, mamlakatimiz xavfsizligi, millatimiz kelajagi uchun!

Epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish va kasallarni davolashga amaliy yordam beradigan guruhlarning tuzilishi hamda ularni hududlarga yuborilishi yo‘nalishdagi muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Hozirgi vaqtda yana bir dolzarb masala bu, kasallarni davolaydigan shifoxonalar zarurati. Bu borada ham muhtaram prezidentimiz tomonidan hokimliklar oldiga koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonlar tashkil etish, reanimatsiya va intensiv o‘rinlarni ko‘paytirish, ularni zarur tibbiy jihozlar bilan va dori-darmonlar bilan ta’minlash vazifalari qo‘yilgani ayni muddao bo‘ldi. Chunki, aynan mana shu masalada, hatto ijtimoiy tarmoqlarda ham juda ko‘p holatlarni kuzatyapmiz. “Maxsus poliklinikalar”ning tashkil etilishi ham muayyan tajriba maktabi bo‘ladi.

Albatta, muhim bir jihatni qayd etishimiz zarur. Qo‘shimcha ravishda 370 ta sun’iy nafas oldirish apparatlarining, 1 ming 41 ta portativ nafas oldirish uskunasi, 1 ming 164 ta kislorod konsentratori va boshqa zaruriy tibbiy jihozlar olib kelinib, hududlarga tarqatilishi davolash imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 25 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tashkil etildi.Uning asosiy vazifasi virus zanjirini uzishdan iborat. O’z navbatida sog‘liqni saqlash tizimi, hokimliklar bilan birgalikda bemorlarni sog‘aytirish va ulardan boshqalarga virus yuqishini kamaytirishni ham ichiga oladi.

Asosiysi, davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, karantinda hech bir ehtiyojmand oila e’tibordan chetda qolmaydi. Oziq-ovqat, dori-darmon, moddiy yordamlarni manzilli yetkkazib berish tizimi “soat”day ishlashi zarurligi va shartligi qayd etildi.

Bugun vaziyat uyda qolishni talab qilmoqda. Ayrim sabablarga ko‘ra karantin qoidalariga rioya qilib ish faoliyatini davom ettirayotganlar bundan mustasno albatta. O’zimizni, oilamizni, yaqinlarimizni, atrofimizdagilarni muhofaza qilish vazifamiz. Shunday ekan, salomatlik himoyasi, yurt ertasi, millat kelajagi, davlat xavfsizligi uchun bu borada belgilanayotgan har bir talabga qat’iy amal qilaylik.

Tohirjon AHMADALIYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.

  • Ko'rildi
    443
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+