BPT safi tomorqachilar hisobiga kengayib bormoqda
10.08.2020, 16:15
Qarshi tumanidagi “Xudoyzod” mahalla fuqarolar yig‘inida ochilgan O`zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti faollari erta bahorda tomorqadan samarali foydalanish yuzasidan aholiga foydali tavsiya va tushuntirish ishlarini olib borishgan edi.
Bugun ana shu say’-harakatlar o‘zining ijobiy natijalarini berdi. Mahalladagi mavjud 796 xonadon egalarining hammasi o‘z tomorqalarida turli ko‘katlar, kartoshka, pomidor, bodring, karam, sholg‘om, turp va boshqa ekinlardan yaxshigina hosil olib, Qarshi shahri bozorlarini to‘kin qilishmoqda.
-Boshlang‘ich partiya tashkilotimizning hozircha 15 nafar a’zosi bo‘lsa, ana shu partiya faollarining o‘zlari tomorqachilikda ibrat ko‘rsatishayapti,- deydi mahalladagi BPT raisi Xadicha Eshonqulova. - Eng quvonarlisi, mahallamiz Qarshi shahrida tomorqadan eng samarali foydalanayotgan hudud sifatida tan olingan. Mahallamizda 8-10 sotix joydan 20-25 million so‘mdan oshirib daromad olayotgan tomorqachilarimiz ham bor. Ana shunday xonadon sohiblaridan biri - Po‘latoy Pardayeva tomorqachilikning orqasidan to‘y qildi, farzandlarini o‘qitdi, uy-joyini yaxshilab oldi.
Partiya faollarining sa’y-harakati bilan mahallada tadbirkorlik keng quloch yoymoqda. Issiqxona qurayotgan, parrandachilikni rivojlantirayotgan va qurilish materiallari ishlab chiqarayotgan yosh yigit-qizlar partiya saflarini to‘ldirish istagini bildirishmoqda. Do‘stmurod Majidov, Nargiza Toshpo‘latova, Xurshida Ibodova va To‘lqin Saidov kabi yosh tadbirkorlar o‘zlari ochgan biznes sub’ektlariga 5 nafar tengdoshini ish bilan band etishgan.
O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘inlarda hisobot – saylov yig‘ilishlari davom etmoqda
28.03.2024, 16:37
-
Jomboy tumanidagi partiya quyi bo‘g‘inlari faoliyati sarhisob qilindi
22.03.2024, 14:36
-
G’alvir suvdan ko‘tarilganda...
22.03.2024, 12:16
-
Partiyaning eng faol quyi bo‘g‘ini faoliyati sarhisob qilindi
14.03.2024, 18:24
-
BPTning o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati ijobiy baholandi
13.03.2024, 21:55
Fikringizni qoldiring