Uch yillik muammo deputat ko‘magida bartaraf etildi

11.08.2020, 16:17

Uch yillik muammo deputat ko‘magida bartaraf etildi

Nukus tumani  "Kerder" ovul  fuqarolar  yig‘inidagi  "Qizil uy" ovuli anchadan buyon telefon va internet aloqasi  pastligidan qiynalib kelmoqda.

Ushbu muammo yuzasidan saylovchilar mazkur xududdan  saylangan  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi  O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi D.Utambetov va tuman kengashi deputati A.Qartjanovlarga murojjat qildi.

Xalq vakillari ushbu muammo yuzasidan karantin qoidalariga amal qilgan holda vaziyatni o‘rganib,  saylovchilar  bilan  yuzma-yuz suhbatlashdi.     - Murojaat  qilmagan joyimiz qolmadi.  Uch yildan buyon tegishli tashkilotlarga murojaat etdik.  Lekin natija yo‘q, - dedi saylovchilar deputatlar bilan uchrashuvda.

Shundan so‘ng O’zLiDeP deputatlari darhol ishga kirishib, ushbu muammo yuzasidan  tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yubordi.  Murojaat  e’tiborsiz qolmadi. Mahalla ahli uchun  bu hududga “Uzmobile”   antenasi qurib berildi.  

Ushbu amaliy ishdan saylovchilar mamnun ekanini bildirmoqda.      

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    505
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+