O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

18.08.2020, 09:56

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokrak partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O’zLiDeP Saylovoldi dasturi va 2020 yilga mo‘ljallangan Harakat dasturining birinchi yarim yillikdagi ijrosi, partiya tuzilmalari hamda partiyadan saylangan deputatlik korpusi oldida turgan dolzarb vazifalar, shuningdek partiyaning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘qqiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni munosib tarzda o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarini tasdiqlash masalalari muhokama qilinmoqda.

Yig‘ilishni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov ochib berarkan, yaqinlashib kelayotgan eng ulug‘, eng aziz ayyom – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi bayrami bilan barcha partiya faollarini tabrikladi.

  • Ko'rildi
    360
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+