Chimboylik mansabdor shaxslarning hisoboti tinglandi

21.08.2020, 17:19

 Chimboylik mansabdor shaxslarning hisoboti tinglandi

O'zLiDeP Chimboy  tuman  Kengashi  deputatlik  guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.            

Yig‘ilishda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D. Joldasov  va  tuman  Ichki ishlar bo‘limi  boshlig‘i  o‘rinbosari M.O‘tegenovning joriy yilning yetti oy davomida olib borgan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglandi. 

Hisobotda ta’kidlanishicha, davlatimiz rahbarining  "Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, Chimboy tumanidagi  627 ka ta’minlangan oilalarga 220 ming so‘mdan jami 661 million 320 ming so‘m pul mablag‘lari ajratildi. 

Qolaversa, tuman sektor rahbarlari, tegishli soha vakillari va  biriktirilgan deputatlar tomonidan mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, “temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga beriladigan bir martalik yordam pullarning o‘z vaqtida berilishi va uni nazorat qilish bo‘yicha samarali ishlar olib borilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.O‘tegenov tuman miqiyosida o‘tgan yetti oy mobaynida aholi orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha qilingan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Hisobotda ta’kidlanishcha, o‘tgan yetti oy davomida 17 ta jinoyat yuz bergan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilning shu davriga solishtirganda 29 taga oshgan. Bu bo‘yicha qat’iy  tartib intizomda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda mahalla kesimida o‘rganish ishlarini yanada jonlantirish, aholi o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish buyicha nazorat va targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish  kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilish davomida deputatlar ushbu mansabdor shaxslarning hisobotini tinglar ekan, o‘zlarining fikr va takliflarini bildirib o‘tdi.  

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati  

  • Ko'rildi
    499
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+