Yoshlar parlamenti a’zolariga ishonch yorliqlari topshirildi

21.08.2020, 17:25

Yoshlar parlamenti a’zolariga ishonch yorliqlari topshirildi

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Nafisaxon Elchiyeva Farg‘ona viloyatidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga nomzodi ko‘rsatilib, saylangan a’zolar bilan  uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda Yurtboshimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yoshlar bandligini ta’minlash, innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etishni qo‘llab-quvvatlash xususida so‘z yuritildi. 

Uchrashuvda yoshlar kamoloti va yurt farovonligi yo‘lidagi intilishlari, o‘z hududlarida mavjud muammolarning yechimi borasidagi harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining a’zosi bo‘lganliklari bilan samimiy tabriklanib, ularning kelgusi faoliyatlari davomida yoshlar sohasidagi qonun ijodkorligi, jamoatchilik nazorati hamda yoshlar o‘rtasida huquqiy va siyosiy savodxonlikni yanada samarali targ‘ib qilishlari, O‘zLiDeP maqsad va vazifalarini hayotga tadbiq etishda katta hissa qo‘shishlariga ishonch bildirilib, partiya rahbarining Ishonch yorliqlari topshirildi.

- Tengdoshlarimizning muammolari, albbata, bu bizning ham muammoimiz. Uni birgalikda ijobiy hal etishga tayyormiz. Bu borada partiyamiz ham yaqin hamkordir, – deydi Yoshlar parlamenti a’zosi Mushtariybegim Qurbonova. – Biz, o‘zimizga bildirilgan ishonchni oqlash yo‘lida astoydil harakat qilamiz va ishonchga loyiq bo‘lamiz.

Sh.TO‘XTAMATOV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi matbuot kotibi.

 

  • Ko'rildi
    896
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Shahnozahon2021-07-15 23:03:49

Juda ham yaxshi men ham O'zLiDEP a'zo bo'lmoqchiman


Fikringizni qoldiring

+