COVID-19 sog‘liqni saqlash sohasidagi muammolarimizni ko‘rsatib qo‘ydi

25.08.2020, 11:05

COVID-19 sog‘liqni saqlash sohasidagi muammolarimizni ko‘rsatib qo‘ydi

Videokonferens aloqa shaklida o‘tayotgan yig‘ilishda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolayotgan va statsionar karantinga yopilgan respublika bo‘yicha tibbiyot muassasalarida samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish hamda ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rish maqsadida zaruriy shaxsiy himoya vositalari, dori-darmon, tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan hududlarni va tibbiyot muassasalarini ta’minlash tadbirlari uzluksiz amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Parlament tomonidan avvalgi o‘rganishlarimiz davomida juda ko‘p tumanlarda oliy ma’lumotli shifokorlarni yetishmasligi, hattoki bazi tumanlarda mavjud shtat birliklariga nisbatan 50%dan ortiq kadrlar yetishmovchiligi aniqlangan edi.

Pandemiya davrida oliy ma’lumotli shifokorlarni yetishmayotgan tumanlarda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda? Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida oliy ma’lumotli shifokorlarni tayyorlash yuzasida qanday o‘zgarishlar nazarda tutilgan?

Ushbu muammoli holatni bartaraf etilishi bo‘yicha hukumat darajasida jiddiy choralar ko‘rilmasa, yuqoridagi savollarga asosli javob topish amri mahol.

                                                                                                                                G‘ayrat ABDIYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi

  • Ko'rildi
    439
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+