O'zLiDeP faoli Afrika laqqa balig‘ini intensiv usulda ko‘paytirmoqda
26.08.2020, 11:40
O'zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi vakillari Toshkent tumanidagi “TEAM FISHERS GROUP” MChJda tashkil etilgan intensiv usulda yetishtirilayotgan baliqchilik faoliyati bilan tanishishdi.
Bugungi kunda baliqchilik tarmog‘i oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli mamlakat iqtisodiyotining tarkibida baliqchilik ulushi izchil ortib bormoqda.
Mutaxassislarning fikricha, bu baliq turi kislorod tanqisligiga juda chidamli bo‘lib, 1 tonna suvda 300-350 kilogrammgacha baliq yetishtirish imkonini beradi. Uning yana bir afzalligi, qiltanog‘i kam va sergo‘shtligidadir. Juda foydali mahsulot. Bu baliqning yaxshi jihatlaridan biri – u juda tez o‘sadi. Tannarxi ham, masalan, ochiq suv havzalarida yetishtirilayotgan yoki tutib keltirilgan boshqa baliqlarnikidan ancha past.
– Xitoy texnologiyasi asosida intensiv usulda yetishtirilayotgan Afrika laqqa balig‘i tuxumdan chiqqanidan so‘ng atigi olti oy o‘tgach bir yarim kilogrammli baliqqa aylanadi va tez semiradi, – deydi partiya faoli, tadbirkor Temur Rixsiyev. – 10 sotix yer maydonining 3 sotix yerida barpo etilgan basseynda 9 oy davomida 15-20 tonna mahsulot yetishtirilib, ichki bozorga yetkazib berilmoqda. Bundan tashqari, mazkur mahsulotlarni saqlash uchun sovutish tizimi bilan ta’minlangan.
Hozirda ushbu mahsulotimiz xalqimiz dasturxoniga taqdim etilmoqda. Kelajakda uni eksport qilish ham mo‘lljallangan.
Tadbir so‘nggida partiya vakillari mamlakatimiz mustaqilligining yigirma to‘qqiz yillik bayrami bilan tabriklab, partiya faoli tadbirkor “TEAM FISHERS GROUP” MChJ rahbariga O'zLiDeP Toshkent viloyati Kengashining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O`zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi
matbuot xizmati.
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Xizmat ko‘rsatish salmog‘i ortmoqda
17.01.2024, 16:31
-
140 turdagi mebel mahsulotlari ishlab chiqarayotgan O’zLiDeP faolining yillik daromadi 11,4 mlrd. so‘mni tashkil etadi
06.10.2023, 14:02
-
Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi
29.09.2023, 15:47
-
Tadbirkorlar muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi
22.09.2023, 15:22
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
21.09.2023, 17:22
Bildirilgan fikrlar
умида 2020-08-26 14:35:17
зўр тадбиркорни омадини берсин