Deputat ehtiyojmand oilaga 2000 dona jo‘ja berdi

03.09.2020, 16:11

Deputat ehtiyojmand oilaga 2000 dona jo‘ja berdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati X. Urakov Jomboy tumanidagi “Kattaqishloq”, va “Holvoyi” mahallalarda bo‘lib,  saylovchilarining muammolarini o‘rgandi.

“Holvoyi” MFYda o‘tkazilgan uchrashuvda deputat ishsiz yoshlarga hamda tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga parrandachilikning sir-asrorlari haqida mahorat darslari o‘tkazdi.

- Men hududimizda tadbirkorlar soni ko‘payishi tarafdoriman. Parrandachilikni rivojlantirishga qiziqishi bor yoshlarga o‘z tajribalarimni o‘rgatishga tayyorman, - deydi X.Urakov.

Deputat bir necha oy muqaddam “Holvoyi” mahallasida yashovchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan Guljahon O‘roqovaga  360 dona jo‘ja o‘z hisobidan olib berib, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun amaliy yordam bergan edi.

Guljahon O‘roqova mehnatsevarligi, intiluvchanligi bois ishini uddaladi. Qisqa muddat ichida parranda yetishtirish sirlarini o‘rganib yaxshigina daromad ham ko‘rdi va yosh tadbirkorlar safiga qo‘shildi.  Uchrashuvda deputat kelajakda Guljahon O‘roqovaning katta ishbilarmonlardan biri bo‘lishiga ishonch bildirib, unga  o‘z hisobidan yana 2000 dona jo‘ja va malum muddatga yetadigan omuxta yemini berib, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imkoniyat yaratdi.

Shuningdek, mahalladagi yana 2 nafar fuqaroga parrandachilikni  yo‘lga qo‘yishlari uchun 200 donadan jo‘ja va omuxta yem berishga kelishildi.

Bundan tashqari deputat mahalladagi kam ta’minlangan oilalarga bir qopdan un mahsulotini bayram arafasida tuhfa qildi.

Jahongir Xo‘jamqulov

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

 Tashkiliy-partiyaviy ishlar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    1443
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+