O'zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli xotin-qizlarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda bosh-qosh bo‘lmoqda

07.09.2020, 14:51

O'zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli xotin-qizlarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda bosh-qosh bo‘lmoqda

O'zLiDeP G‘uzor tuman Kengashi “Ayollar qanoti” faoli, tuman Kengashi deputati Munira Nurxonova tashabbusi bilan tuman tibbiyot birlashmasining “Tez tibbiy yordam bo‘limi”da  “Sog‘lom oila - mustahkam oila” loyihasi doirasida 20 nafar xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

-Aholi salomatligini muhofaza qilishda  partiyamizning tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda olib borayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘z samaralarini bermoqda, – deydi xalq vakili M. Nurxonova. - Bizning asosiy maqsadimiz  hozirgi pandemiya sharoitida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni o‘z vaqtida davolash hamda yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

O'zLiDeP G‘uzor tuman Kengashi “Ayollar qanoti” faollari va tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari hamkorlikda bunday bepul tibbiy ko‘riklarni  boshqa qishloq hamda mahallalarda ham tashkil etishni mo‘ljallashmoqda.                                    

O'zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    742
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+