O'zLiDeP deputati ko‘magida eski ko‘prik ta’mirlab berildi

07.09.2020, 16:47

O'zLiDeP deputati ko‘magida eski ko‘prik ta’mirlab berildi

Muammoning katta kichigi bo‘lmaydi. Xo‘jayli tumani  "Shag‘alako‘l" mahalla fuqarolar yig‘inida piyodalar o‘tadigan ko‘prik yomon ahvolga kelib qolgan. Ushbu muammoni bartaraf etishda fuqarorlar Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashidagi  O'zLiDeP  deputatlik guruhi rahbari  Yuldosh Matniyazovga murojaat qildi.

Deputat o‘z saylovchilarning muammosini qonun doirasida ko‘rib, o‘rganib chiqdi va tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovini jo‘natdi. Noibning deputatlik so‘rovi e’tiborsiz qolmadi.

Mazkur murojaat yuzasidan Obodonlashtirish boshqarmasi ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida qurilish materiallari kerakligi, uni olish uchun 20 mln so‘m miqdorida mablag‘ kerakligini aytdi.

Xalq vakili sarmoya masalasida tuman hokimi Jenis Yermashevga  taklif xati bilan chiqdi. Tuman hokimligi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘ ajratildi. Natijada ko‘prikni qayta ta’mirlash uchun ishlar olib borildi. 

– Hududimizda 978 ta xo‘jalik bor, 5 ming 43 nafar fuqaro istiqomat qilib kelmoqda, – deydi “Shag‘alako‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Qoblan Asamatdinov. - Ushbu mahallamiz hududini kesib turuvchi eski ko‘prikdan aholi va maktab o‘quvchilari foydalanib kelayotgan edi. Ushbu ko‘prik qo‘lbola usulda qurilgan bo‘lib, maktab o‘quvchilari foydalanishlari uchun yaroqsiz holga kelib qolgan edi. Shuning uchun hududimizdan saylangan deputat Yu.Matniyazovga murojaat qildik. Murojaatimizni deputatimiz ijobiy hal qilib berdi.

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    630
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+