O‘zLiDeP deputati ko‘magida bir oila ham uyli, ham ishli bo‘ldi

09.09.2020, 17:30

O‘zLiDeP deputati ko‘magida bir oila ham uyli, ham ishli bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida istiqomat qiluvchi Rustamjon Mamataminovlar oilasi doimiy yashash uchun uy-joyga ehtiyoji bor edi. Ustiga-ustak oila sohiblari muqim ish o‘rniga ega emasdi.

Kuni-kecha bu oila Quva tumani hokimligiga doimiy uy-joyga ehtiyoji borligini bildirib, amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaat O‘zLiDePdan Xalq deputatlari Quva tuman Kengashiga saylangan deputat Zohidjon Hakimov tomonidan ijobiy hal etildi. Mamataminovlar oilasiga 2 xonali uy hadya etildi. Shuningdek, Rustamjon va uning rafiqasi Mahfuzaxonlar deputat tomonidan doimiy ish bilan ham ta’minlandi. Endilikda ular “Quvonchbek Zohidjon” fermer xo‘jaligida faoliyat yuritmoqdalar.

Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan oila vakillarining quvonchi cheksiz. Hozirda deputat tomonidan bu yosh oilaning 3 yoshli farzandini hududdagi maktabgacha ta’lim muassasida tahsil olishi uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Sh.TO‘XTAMATOV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    534
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+