O’zLiDeP faollari “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb-hunarga bepul o‘qitadi

10.09.2020, 17:24

O’zLiDeP faollari “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb-hunarga bepul o‘qitadi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Samarqand shahridagi "Ayollar daftar"iga kiritilgan samarqandlik ishsiz va boquvchini yuqotgan ayollarning bandligini ta’minlash va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida “Farovon oila” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

Joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, oila daromadini oshirish, "temir daftar"da qayd etilgan oilalar sonini qisqartirish evaziga kambag‘allikni yo‘qotish, ayollar va yoshlarni har tomonlama moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, buning uchun esa avvalo xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Muloqotda partiya “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Samarqand viloyati xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan tashkil qilinayotgan bepul, qisqa o‘quv qurslari haqida xotin-qizlarga ma’lumot berib o‘tildi. 

Targ‘ibot tadbiri davomida mazkur markaz tomonidan tashkil qilinadigan milliy hunarmandchilik, tikuvchilik, go‘zallik saloni, milliy pishiriqlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslarida hunar o‘rganmoqchi bo‘lgan 5 nafar xotin-qizlar o‘quv kurslariga biriktirildi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1830
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Muhammadova2021-01-10 09:27:05

Boquvchisini yoʻqotgan ayollar, otasi yuq OTM da shartnoma asosida uqiyotgan qizlar uchun qanday moddiy yordam mavjud


Fikringizni qoldiring

+