Kosonlik O‘zLiDeP faoli uyda o‘tirgan ayollarga tikuvchilikdan “master-klass” o‘tkazdi
10.09.2020, 17:32
Muhayyo Qodirova tadbirkorlikni uyida bittagina tikuv mashinasida qo‘ni-qo‘shnilarining farzandlariga kuylakchalar tikishdan boshlagan edi.
Keyinchalik u faoliyatini kengaytirdi va “Agrobank”ning Koson tuman bo‘limidan ajratilgan 20 million so‘m kredit evaziga 5 ta zamonaviy tikuv mashinasi sotib oldi. U o‘zi istiqomat qilayotgan “Nartichuqur” mahallasidagi ishsiz, lekin chevarlikka qo‘li kelishadigan 3 nafar xotin-qiz bandligini ta’minladi. Ayni paytda bu mo‘‘jazgina tikuvchilik sexida bolalar kiyim - kechaklari, choyshablar, xotin-qizlar uchun turli liboslar tayyorlanib, buyurtma asosida ichki bozorga chiqarilmoqda.
Bugungi kunga kelib tadbirkor M. Qodirova o‘z faoliyatini yanada kengaytirish, tikuv dastgohlari sonini 10 taga yetkazish hamda 10 nafar mahallasidagi uyda o‘tirgan xotin-qizni ish bilan ta’minlashga harakat qilmoqda.
Yaqinda uning xonadonida uyda o‘tirgan ayollar uchun master-klass” o‘tkazildi. O`zLiDeP Koson tuman Kengashi “Ayollar qanoti“ning “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida tashkil etilgan bu tadbirda Muhayyo Qodirova bir qator ishsiz mahalladoshlariga tikuvchilik sir-asrorlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot olib bordi. Amaliy muloqotlardan so‘ng Muhayyo Qodirovaning ikki nafar shogirdi - Nodira Asadova va Sevara Olimova partiya safiga qabul qilindi.
O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
-
Mahalladagi xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi
01.03.2024, 22:01
Fikringizni qoldiring