Konimexdagi epidimologik vaziyatni yaxshilash O‘zLiDeP fraksiyasi ko‘magida hal etiladi

15.11.2017, 17:38

Konimexdagi epidimologik vaziyatni yaxshilash O‘zLiDeP fraksiyasi ko‘magida hal etiladi

Yurtboshimizning “Deputatlar xalq bilan bevosita muloqot qilib, ularning muammolarini hal qilish choralarini ko‘rishi zarur”,  degan da’vati O‘zLiDeP deputatlari uchun muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yaqinda bir guruh partiya faollari va deputatlar Konimex tumani aholisining muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor uchrashuv tashkil etdi.

Muloqot davomida deputatlarga tumanning “Navro‘z” va “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan aholi termit zararkunandasidan aziyat chekayotgani haqida shikoyat kelib tushdi.

O‘rganishlar jarayonida termitlar aholi xonadonlari va ekinlariga zarar yetkazayotgani va zararkundalarning tarqalish xavfi ortib borayotgani aniqlandi. Natijada ushbu masala Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining 2017 yil 3 noyabrdagi deputatlik guruhi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda Konimex tuman “Navro‘z” va “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yuzaga kelgan epidemiologik vaziyatni yaxshilash borasida partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi orqali respublikaning tegishli vazirlik va idoralariga murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Sodiqjon SAIDOV,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

deputatlik birlashmalari bilan ishlash bo‘limi xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1636
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

ЙЎЛЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ КОРХОНАСИ БПТ2018-05-04 12:13:08

МАЗКУР ФАРМОН ЮРТИМИЗДАГИ МЕВА-САБЗАВОТЧИЛИК ЙЎНАЛИШИДАГИ ФЕРМЕР ХЎЖАЛИКЛАРИ УЧУН ЯНАДА КЕНГ ИМКОНИЯТЛАР ЯРАТИБ БЕРДИ.


Машраб Казаков 2018-04-30 12:13:31

Фармонда таъкидланганидек, 2021 йил 1 январга қадар кўчатхоналар ва иссиқхоналарда уруғ, кўчат ва пайвандтаг етиштирувчи ва уларни қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ишлаб чиқарувчиларга етказиб берувчи хўжалик юритувчи субъектлар барча турдаги солиқ ва йиғимлар тўлашдан, четдан олиб кирилаётган уруғлар, кўчатлар ва пайвандтаглар, минерал ўғитлар, ўсимликларни кимёвий ҳимоялаш воситалари, замонавий энергия тежовчи иссиқхоналар ва уларнинг бутловчи қисмлари иловага мувофиқ божхона тўловларидан, импорт бўйича олиб кирилаётган, мева-сабзавот маҳсулотларини ташишга ихтисослашган транспорт воситалари божхона тўловлари ва республика йўл жамғармасига йиғимлар тўлашдан озод этилиши бу яхши имконият


Fikringizni qoldiring

+