O‘zLiDePning yoshlarga oid yangi “Yo‘l xaritasi” yoshlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtiradi

14.09.2020, 17:29

O‘zLiDePning yoshlarga oid yangi “Yo‘l xaritasi” yoshlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtiradi

Mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida barcha sohalarda keng ko‘lamli sa’y-harakatlar amalga oshirilib, inson manfaatlari har narsadan ustun, degan ezgu tamoyilni ro‘yobga chiqarish hayotbaxsh islohotlarning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Ayniqsa, Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga oid Davlat siyosatining amalga oshirilishi yoshlarda o‘zgacha g‘ayrat-shijoat bag‘ishlamoqda.

Hozirda O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” tomonidan ham yoshlar bandligini ta’minlash, tarbirkorlikka yo‘naltirish, imtiyozli kreditlar ajratilishiga yordam berish kabi bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar bilan ishlash bo‘limining videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘iishda “Yoshlar qanoti”ning maqsad va vazifalari, partiyaviy loyihalar doirasida qilingan ishlar muhokama qilindi.  

Yig‘ilishda “Yoshlar minbari” ijtimoiy-siyosiy muloqot forumini tashkil etish, hozirda mavjud “O‘zLiDeP kutubxonalari” kitob fondini yuz mingdan, 500 mingga yetkazish hamda yoshlarimiz orasida ommalashgan biznes kitoblarning audio formatini tayyorlash, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yoshlar mavzusida ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihalarini keng muhokama qilish vazifalari ham O‘zLiDePning yoshlarga oid siyosatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanishi ta’kidlandi.

Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ezgu ishlar, tashabbuslar zamirida ham yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitish, bilim va dunyoqarashini yuksaltirish kabi maqsadlar mujassam. Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan Beshta muhim tashabbusdan biri ham bevosita mazkur masalaga daxldor. Shunday ekan, O‘zLiDeP hamisha yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratadi.

Ushbu yig‘ilishda ishlab chiqilgan partiyaning yoshlarga oid yangi “Yo‘l xaritasi” ham partiya safida yoshlarni yanada jipslashtirib, ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtiradi.

Javohir ShAMSUDDINOV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri.

  • Ko'rildi
    281
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+