O’zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli yangiyerlik xotin-qizlarga bepul mahorat darsi o‘tkazdi

15.09.2020, 15:29

O’zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli yangiyerlik xotin-qizlarga bepul mahorat darsi o‘tkazdi

O’zLiDeP Yangiyer shahar Kengashi "Ayollar qanoti” tashabbusi bilan "Bunyodkor ayol” loyihasi doirasida tumandagi T.Malik mahallasida “Xotin-qizlar bandligini ta’minlashda kasanachilikning o‘rni” mavzuida o‘quv seminar o‘tkazildi.

Yangiyer shahar Kengashi deputati Sohiba G‘affarova kasanachilik va hunarmandchilikning sir-asrorlarini ushbu hududdagi xotin-qizlarga o‘rgatib kelmoqda. 12-Fayzobod saylov okrugidan saylangan deputat ushbu kasb bilan bir necha yillar davomida shug‘ullanib keladi. U o‘z hududidagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar sharoitini o‘rganib, aholining bu qatlamini kambag‘allikdan chiqarish yo‘lida qilinayotgan sa’yi harakatda faol ishtirok etishga bel bog‘lagan. Mazkur oilalar xotin-qizlarini kasanachilikka, hunarmandchilikka jalb qilib “Ustoz shogird” an’anasini rivojlantirishga kirishdi.

Deputat “T.Malik” hamda “Obod yurt” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tikuv sexini tashkil qildi. Shahar bandlikka ko‘maklashish markazi yordamiga tayanib tikuv mashinalarini oldi. Tikuv sexida 5 nafar xotin-qizlarni ish bilan band qildi. 10 dan ziyod yoshlar esa kasb sir-asrorlarini  bepul o‘rganishga jalb qilindi. Shu jumladan mahallaning  5 nafar xotin-qizlariga tijorat banklaridan imtiyozli kredit olib, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishida amaliy yordam berdi.

Tadbir davomida viloyat hamda Yangiyer shahar Kengashi xodimlari S.G‘affarova va uning shogirdlari tashkil qilgan tikuv sexlariga borib ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Tikuvchi qiz-juvonlar bilan suhbatlashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

                         Nafisa Sultonxonova,

              O’zLiDeP Yangiyer shahar Kengashi

ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    593
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+