O’zLiDeP deputati mirzaobodlik 50 nafar yoshlarning bandligini ta’minlamoqchi

15.09.2020, 15:32

O’zLiDeP deputati mirzaobodlik 50 nafar yoshlarning bandligini ta’minlamoqchi

Tabiat boyliklari orasida suv alohida ahamiyatga ega. Suv tiriklik manbai. Shu bois qadimdan ota-bobolarimiz suvni toza saqlash, muhofaza qilishga, undan oqilona foydalanishga alohida e’tibor qaratishgan. Zero, suv – bu hayot demakdir.

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida “Okean to‘lqinlari jilosi” MChJning faoliyat boshlaganiga hali qo‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Ammo shunga qaramay mazkur korxonada ishlab chiqarilayotgan, inson organizmi uchun foydali, mikroelementlarga boy bo‘lgan, turli hajmdagi idishlarga qadoqlanayotgan suv o‘zining xaridorlarini topishga ulgurdi.

Mazkur korxonaning mahsulotlari o‘tgan yildan boshlab aholiga, qurilish tashkilotlari, davlat idoralari, firma va mikrofirmalar, savdo do‘konlariga yetkazib berilmoqda. Korxonada 50 nafar yoshlar doimiy ish o‘rniga ega.

Korxona ma’muriyatining ma’lumotlariga ko‘ra dastlab bu yerda 5-10-20 litr hajmdagi idishlarda qadoqlangan suv ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda turli xil meva sharbatlarini ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yildi. Ta’mi va mazasi o‘zgacha bo‘lgan meva sharbatlari ham xaridorlar talab va istaklaridan kelib chiqib 0,5-1 litrli hajmdagi idishlarga qadoqlanib buyurtmachilarga o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan suvlarning foydali xususiyatlarini anglagan buyurtmachilarning safi kun sayin ortib bormoqda.

“Okean to‘lqinlari jilosi” MChJ rahbari, Mirzaobod tuman Kengashi deputati Akrom Musurmonqulovning ta’kidlashicha, kelgusida bu yerda ishlab chiqarish hajmini  bir barobarga oshirish hisobiga yana 50 ta ish o‘rni yaratishni maqsad qilgan.

Elyor Jo‘rayev

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

Biznes tuzilmalar va fermerlar

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    835
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+