Muzrabotdagi “Tomorqa xizmati” ko‘ngildagidek faoliyat yurityaptimi?

18.09.2020, 10:59

Muzrabotdagi “Tomorqa xizmati” ko‘ngildagidek faoliyat yurityaptimi?

Avval xabar qilganimizdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Surxondaryo viloyatida bo‘lib, tadbirkorlar muammolarini ham o‘rgandi.

Aktam Xaitovning navbatdagi tashrifi Muzrabot tumanidagi “Tomorqa xizmati” MChJga qarashli bo‘lgan  1- dala do‘koni bo‘ldi.

Aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda 4,5 milliondan ortiq tomorqa yer egalari bor. Tomorqa xo‘jaligida mahsulot yetishtirishni klasterlar asosida tashkil qilish — bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, mahsulot sotish, ta’minot va kreditlash sohalarini qamrab oluvchi kooperatsiya orqali tomorqa yer egalarining birlashuvidir. Tomorqa yer egalarining klasterlarga birlashib o‘z tomorqalaridan foydalanishi ularning mehnati samaradorligini bir necha marotaba oshirishga imkon beradi. 2018 yildan boshlab mamlakatimizda «Tomorqa xizmati» MChJlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugun esa «Tomorqa xizmati» MChJlar negizida klasterlar tashkil etilishi orqali tomorqa yer egalarining imkoniyatlari birlashmoqda.

Bu imkoniyatlar aholi tomorqalari uchun ko‘chat va urug‘liklarni tizimli yetkazib berish, «Tomorqa xizmati» MChJlarda aholi tomorqasida yetishtirilgan mahsulotni saqlash uchun sovutkichlarning qurilishi, shuningdek, mahsulotlarni eksport qilish imkonini beradi.

Aktam Xaitov shular xususida to‘xtalar ekan, Muzrabot "Tomorqa xizmati" faoliyati, muammolari bilan qiziqdi. 1-dala do‘konidagi mahsulotlar, ularning sifati, sotuvi, eksporti bilan bog‘liq holatlarni ko‘zdan kechirdi.

MChJ rahbari Olim Xurramov AT “Mikrokredit” banki Muzrabot filialidan 17,5 mlrd kredit olish uchun barcha zarur hujjatlarni topshirganligini, biroq unga kredit ajratilishida biroz muammolar bo‘layotganini aytdi. Spiker o‘rinbosari bu masalani ham obdon o‘rganib chiqib, o‘z taklifini va amaliy ko‘magini berishini bildirdi. 

  O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    626
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+