O‘zLiDeP Yoshlik talabalar shaharchasi Kengashida “Yoshlar qanoti”ning hisobot konferensiyasi o‘tkazildi

23.09.2020, 12:15

O‘zLiDeP Yoshlik talabalar shaharchasi Kengashida “Yoshlar qanoti”ning hisobot konferensiyasi o‘tkazildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi majlislar zalida O‘zLiDeP Yoshlik talabalar shaharchasi Kengashi “Yoshlar qanoti”ning navbatdagi Konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyada tashkilotning o‘tgan yillar davomidagi faoliyati  yuzasidan hisoboti eshitildi va kelgusida partiya tashkiloti oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Konferensiyada yoshlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, Jamoatchilik a’zolari va partiya faollari ishtirokida muhokama qilindi.

Unda yosh avlod vakillarining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun yanada kengroq imkoniyat yaratish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab quvvatlash maqsadida “Yoshlar innovatsion klasterlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ma’lum kasb-hunarga, tajriba va ko‘nikmaga ega bo‘lmagan yoshlarning o‘z qiziqishlari doirasida hunar o‘rganishiga ko‘maklashish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish maqsadida “Kelajakka kasb-hunar bilan” loyihasini amalga oshirish kabi qator vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Tadbirda O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi konferensiyasiga ishtirok etadigan delegatlar saylab olindi.  Konferensiya so‘ngida  partiya faoliyatini targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatib kelayotgan yoshlarga partiyaning tashakkurnomasi berildi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    750
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+