Shahrisabzda o‘tkazilgan O`zLiDeP “Yoshlar qanoti” konferensiyasi muloqot maydoniga aylandi

24.09.2020, 12:15

Shahrisabzda o‘tkazilgan O`zLiDeP “Yoshlar qanoti” konferensiyasi muloqot maydoniga aylandi

Yaqinda Shahrisabz shahridagi KOICA o‘quv markazida O`zLiDeP shahar Kengashi  “Yoshlar qanoti” guruhi faoliyatini tahlil qilish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish maqsadida hisobot konferensiyalar tashkil etildi.

Unda O‘zLiDeP viloyat, Shahrisabz shahar Kengashi faollari, deputatlar, yosh tadbirkorlar ishtirok etishdi.   

Qizg‘in bellashuv va muloqot maydoniga aylangan mazkur tadbirda  15 nafar a’zolaridan iborat Jamoatchilik Kengashi tarkibi saylandi  hamda viloyat konferensiyasida ishtirok etuvchi delegatlar tarkibi tasdiqlandi.

Tadbirdan so‘ng partiyaning yosh faollari hamda jamoatchilik Kengashi a’zolari  Shahrisabzdagi Oqsaroy tarixiy majmuasini ziyorat qildilar.

  O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    676
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+