Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlarga o‘zaro bog‘liqdir

25.09.2020, 15:56

Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlarga o‘zaro bog‘liqdir

Prezidentimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessyasidagi nutqida jahon hamjimiyatini birgalikda amalga oshirishi o‘ta dolzarb bo‘lgan xalqaro tashabbuslar ilgari surildi. Quvoranlisi, Prezidentimizning bu yuksak minbardan turib o‘zbek tilida nutq so‘zlaganliklari butun o‘zbek xalqini yanada g‘ururlantirdi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida bugungi kunda butun dunyoga jiddiy xavf solib kelayotgan koronavirus pandemiyasi haqida to‘htalib, bu ofat jamiki insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko‘rsatganligini, hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlarga o‘zaro bog‘liq ekanini, ular o‘rtasidagi muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o‘ta muhimligini isbotlaganini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Shu maqsadda har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratish. Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etib, ushbu hujjatda har bir davlatning o‘z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozimligini aytdilar.

Chindan ham hozirda davom etayotgan COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelayotgan muammolarni birorta davlat o‘zi hal eta olmasligini butun dunyodagi vaziyat o‘zi ko‘rsatib turibdi. Shu o‘rinda ushbu taklif hozirgi global inqiroz butun dunyo hamjamiyatining sa’y-harakatlarini birlashtirish va bunda BMTning o‘rni naqadar muhim ekanligini ko‘rsatdi.

Prezidentimiz dunyo uchun o‘ta global bo‘lgan yana bir muammo -qashshoqlikni tugatishga asosiy e’tiborni qaratishni, shu munosabat bilan Qashshoqlikni tugatish va kambag‘allikka qarshi kurashishni BMT Bosh Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bag‘ishlangan global sammitni o‘tkazishni taklif etdilar.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochish, Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida afg‘on xalqining dardu tashvishini tinglaydigan, doimiy faoliyat ko‘rsatadigan qo‘mita tashkil etish, BMTning Orolbo‘yidagi vaziyat bo‘yicha maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbuslari ham ilgari surildi.

Ishonchimiz komil, Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan tashabbuslar jahon hamjamiyati va BMT rahbariyati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi. Bu esa O‘zbekiston jahonning barcha mamlakatlari bilan keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada rivojlantirishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Olimxon Babaxanov,

Xalq deputatlari Namangan

viloyat Kengashi deputati.

  • Ko'rildi
    668
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+