Qonliko‘lda O'zLiDeP "Yoshlar qanoti" faoliyati tanqidiy sarhisob qilindi

26.09.2020, 13:03

Qonliko‘lda O'zLiDeP

O'zLiDeP Qonliko‘l tuman Kengashi tomonidan "Yoshlar qanoti"ning hisobot Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada   partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari Sh.Otemisov o‘z so‘zida davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani, mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil etishi, yoshlarimizning jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab o‘tdi.   

 Uchrashuvda  partiya tuman Kengashi "Yoshlar qanoti" faliyatining o‘tgan davrda olib borgan ishlari sarhisob qilindi. Shuningdek "Yoshlar qanoti"ning yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va uning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan "Yo‘l xaritasi"ning ahamiyati tushuntirildi.

"Yoshlar qanoti" jamoatchilik kengashi tarkibi tasdiqlanib, kengash konferensiyasiga delegatlar saylandi. Bundan tashqari tuman partiya "Yoshlar qanoti" faoliyatini yanada jonlantirish, tegishli hamkor tashkilotlar bilan birgalikda kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni kichik  biznes va tadbirkorlikka jalb etish, ayniqsa ishsiz uyushmagan yoshlar bilan ishlash, hozirgidek pandemiya davrida partiyaning maqsad va vazifalarini targ‘ibot etishda karantin qoidalariga amal qilgan holda targ‘ibot ishlarini olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qolaversa, partiyaning maqsad va vazifalarini targ‘ibot etishda samarali ish olib borgan faol yoshlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining  faxriy yorliqlari topshirildi.  

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    510
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+