Farg‘onada “Yoshlar qanoti” ning hisobot-saylov konferensiyalari bo‘lib o‘tmoqda

26.09.2020, 13:19

Farg‘onada “Yoshlar qanoti” ning hisobot-saylov konferensiyalari bo‘lib o‘tmoqda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Dang‘ara tuman Kengashi “Yoshlar qanoti”ning hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mamlakatimizda muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imtiyoz va g‘amxo‘rliklarning tumandagi ijrosi xususida so‘z bordi. Dang‘aralik O‘zLiDeP faollari ham karantin davrida o‘z tashabbuslarini ilgari surdilar. Deputatlar va yoshlar tibbiyot niqoblari va turli antiseptik vositalarni, oziq-ovqat mahsulotlarini ehtiyojmand oilalarga tarqatib, aholini karantin qoidalariga amal qilishga chaqirdilar.

Bu yil yoshlar hayotida katta o‘zgarishlar yili bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Boisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi huzurida “Yoshlar parlament” tashkil etildi. Quvonarlisi, partiya faoli Bunyodbek Nosirov Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlament” a’zosi etib saylandi.

Hozirda partiyaning Dang‘ara tuman Kengashida 50 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari bo‘lib, shundan 13 ta BPTga yoshlar rahbarlik qiladi, – dedi partiyaning Dang‘ara tuman Kengashi apparat rahbari Zulfira Qo‘ziyeva.

Tadbir davomida tuman Kengashi deputati, 12-maktab direktori Davron Akbarovning nomzodi tuman Kengashining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tasdiqlandi va unga katta ishonch bildirildi.

Tadbir davomida “Yoshlar qanoti” Jamoatchilik Kengashining yangi tarkibdagi 7 nafar a’zolari tasdiqlandi hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Konferensiya yakunida 3 nafar yoshlarga partiyaga a’zolik guvohnomasi va nishonlar tantanali ravishda topshirildi.

Viloyatda “Yoshlar qanoti”ning hisobot-saylov Konferensiyalari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Javohir ShAMSUDDINOV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi 

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri.

  • Ko'rildi
    290
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+