O’zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning faoliyati sarhisob qilinmoqda

29.09.2020, 16:45

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning faoliyati sarhisob qilinmoqda

 Hozirgi kunda O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan Qorao‘zak, Xo‘jayli, Sho‘manoy, Chimboy, Mo‘ynoq, Bo‘zotov, Ellikqal’a, Nukus tumanlari va Nukus shahrida hisobot Konferensiyalari o‘tkazildi.   

Jumladan, O’zLiDeP To‘rtko‘l tuman Kengashi “Yoshlar qanoti”ning hisobot Konferensiyasida ikki yil davomidagi faoliyati sarhisob qilindi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, tuman  partiya Kengashining o‘tgan yillar davomida yoshlarning siyosiy jarayonlardagi faolligini yanada oshirish, ularni tadbirkorlikka kengroq jalb etish, ayniqsa ishsiz uyushmagan yoshlar bilan doimiy ravishda ish olib borish, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalarini targ‘ibot etishda faol yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida qilingan ishlar, natija va kamchiliklar tanhidiy tahlil qilindi. 

Qolaversa tuman partiya Kengashidan Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Konferensiyasiga  jamoatchilik  Kengashi  a’zolaridan 3 nafar faol ëshlar delegat etib saylandi.

Taxiatosh tuman Kengashi tomonidan ham o‘tkazilgan hisobot Konferensiyasida partiyaning “Yoshlar qanoti” faoliyatining o‘tgan yillar davomida olib borgan ishlari sarhisob qilindi.

Hisobotda ta’kidlaganidek,  hozirgi kunda  tuman bo‘yicha 2 ming 624 nafar a’zoning 1 ming 176 nafarini  ya’ni 45 foizini  yoshlar tashkil etib, ular 60 ta boshlang‘ich partiya tashkilotiga biriktirilgan holda faoliyat yuritmoqda. 

Partiya yoshlar qanoti “Har bir oila - tadbirkor”, “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturlari doirasida tegishli tashkilotlar va deputatlar bilan hamkorlikda aholining muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida 800 ta xonadonlarga uyma-uy kirib, kredit olish va boshqa masalalardagi muammolari o‘rganildi.

Natijada 14 nafar yoshga kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Qolaversa, shu kunga qadar “Yoshlar qanoti” tomonidan 300 dan ziyod safdoshlarimiz a’zolikka qabul qilinib, 8 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi.

Konferensiyada  kun  tartibidagi  masalalar  yuzasidan fikr va mulohozalar tinglanib, partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi konferensiyasiga jamoatchilik Kengashi a’zolari ichidan munosib faol yoshlar delegat etib saylandi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati 

  • Ko'rildi
    567
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+