Xorazmda “Yoshlar qanoti”ning xisobot konferensiyalari o‘zaro tajriba almashish maydoniga aylandi

29.09.2020, 16:50

Xorazmda “Yoshlar qanoti”ning xisobot konferensiyalari o‘zaro tajriba almashish maydoniga aylandi

O’zLiDeP Urganch shahar Kengashi tomonidan “Yoshlar qanoti”ning hisobot konferensiyasi o‘tkazildi.

Unda asosiy e’tibor “Yoshlar qanoti” guruhining o‘tgan davrdagi faoliyati sarhisobiga qaratildi. Konferensiyada so‘z olganlar partiya yoshlar qanotining o‘tgan davrdagi faoliyatini tanqidiy-tahliliy sarhisob qildilar, maqsad va g‘oyalari hamda kelgusida qilinishi zarur bo‘lgan rejalari borasida o‘rtoqlashdilar.

Joriy yilning 1 sentabr holatiga ko‘ra Xorazm viloyatidagi O’zLiDeP  “Yoshlar qanoti” tarkibida 390 130 nafar yoshlar birlashgan bo‘lib, ular jami partiya a’zolarining 52 foizini tashkil qiladi. Xalq deputatlari Xorazm viloyat, shahar va tuman Kengashlariga O’zLiDeP dan saylangan 27 nafar yosh deputatlar joylarda samarali faoliyat olib bormoqda.  

Konferensiya davomida partiya Urganch shahar Kengashidagi “Yoshlar qanoti”ning istiqbolga mo‘ljallangan Kompleks chora-tadbirlar rejasi va dasturlari, “Yoshlar qanoti”ning Jamoatchilik Kengashi tarkibi, jamoatchilik kengashi a’zoligiga  delegatlar bir ovozdan saylandi.

Hazorasp tumanida o‘tkazilgan xisobot konferensiyasi ham kelgusi rejalarni belgilash va o‘zaro tajriba almashish maydoniga aylandi. Unda so‘z olgan rais o‘rinbosari Omonboy Soburov mazkur konferensiyani o‘tkazishdan maqsad va partiya yoshlar qanoti oldida juda katta ishonch va mas’uliyat borligini, har bir yosh teran his qilgan holda o‘z faoliyatlarini samarali olib borishlari zarurligini ta’kidladi. Partiya tuman kengashi “Yoshlar qanoti” guruhining o‘tgan davrdagi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi va berilgan xulosalarga asosan “Yoshlar qanoti”ning kompleks chora-tadbirlar rejasi hamda dasturlari tasdiqlandi. 11 nafar yoshlar Jamoatchilik kengashi tarkibiga saylandi.

Shundan so‘ng Yoshlar qanoti faollari Hazorasp tumanidagi “Zara tekstil” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Partiyamiz faoli Zaynura Kenjayeva “Yoshlar-kelajagimiz”  jamg‘armasi tomonidan 25 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit evaziga o‘zining tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Ayni paytda yosh tadbirkorimiz yaratgan 6 ta ish o‘rniga Jack tikuv mashinalarini olib, o‘zi singari 6 nafar yosh qizlarning bandligini ham ta’minlagan. Bundan tashqari qishlog‘idagi 10 nafar ayollarni kasanachilik bilan shug‘ullanishlari va 1,5 mln so‘mgacha oylik maoshlari olishlariga ham ko‘maklashmoqda.

O’zLiDeP Bog‘ot tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” xisobot konferensiyasida 15 nafardan iborat “Yoshlar qanoti” jamoatchilik Kengashi tarkibi tasdiqlandi. Shuningdek, ishtirokchilar tumandagi faol va tashabbuskor yoshlarning yangi innovatsion g‘oyalarini aniqlash va ularni amalga oshirishga ko‘maklashish, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash, yosh tadbirkorlar safini ko‘paytirishga alohida ahamiyat qaratdilar.

O’zLiDeP Yoshlar qanoti faollari Bog‘ot tumanidagi “Xorazm Tex” MChJ  faoliyati bilan tanishdilar. Sababi, mazkur korxonada mehnat qilayotgan 1000 nafarga yaqin ishchilarning qariyb 70 foizini aynan yoshlar tashkil qiladi. Korxonada partiyaning boshlang‘ich tashkiloti tuzilgan bo‘lib, unda 100 nafardan ortiq a’zolarimiz partiya safida birlashgan. Tadbir davomida yoshlarga aynan korxona rahbari misolida tadbirkorlik qilishga intilishlari va o‘z istiqbollarini maqsadli rejalashtirishlari, bunda partiya ularga doimo yaqin ko‘makdosh ekanligi ta’kidlandi.

“Yoshlar qanoti”ning joylardagi xisobot konferensiyalari davom etmoqda.

Sardor Jumaniyazov,

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    744
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+