“Yoshlar qanoti” – mamlakatimiz yoshlarining ishonchli qanotidir!

05.10.2020, 15:05

“Yoshlar qanoti” – mamlakatimiz yoshlarining ishonchli qanotidir!

O‘zLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashida 2209 nafar a’zolar jamlangan  bo‘lib, 44 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari mavjud. Partiyaga a’zolarning  900   nafardan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Bu haqda partiyaning Marg‘ilon shahar Kengashi “Yoshlar qanoti”ning navbatdagi konferensiyasida ta’kidlandi.

O‘tgan bir yil  mobaynida Kengashning  “Yoshlar  qanoti”  tomonidan 60ga yaqin tadbirlar tashkil etilgan bo‘lib, ularda 2000 dan ortiq yoshlar qamrab olingani e’tirof etildi.

- Partiyamiz tomonidan “Deputat va yoshlar” uchrashuvi ham doimo tashkil etilib, unda yoshlarning muammolariga yechim izlanadi, taklif va tashabbuslari esa qo‘llab-quvvatlanadi, – dedi konferensiyada so‘z olgan partiyaning Marg‘ilon shahar Kengashi ijrochi kotibi Abdubannob Mahkamov. – Birgina, o‘tgan davr mobaynida partiya ko‘magi bilan 20dan ortiq yoshlar o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘ydilar.

“Yoshlar qanoti” tomonidan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi shahar Kengashi, shahar “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi  bilan muntazam ravishda hamkorlikda ishlar amalga oshirilib, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida seminar-treninglar o‘tkazib kelinmoqda. Bundan tashqari, partiya tomonidan yosh tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish va unga amaliy yechim topish borasida Ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, bir qator ishlarni olib bormoqda.

Yoshlar konferensiyasida "Yoshlar qanoti" Jamoatchilik Kengashining 9 nafardan iborat yangi tarkibi ishtirokchilar tomonidan tasdiqlandi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Marg‘ilon shahar Kengashi raisi Shohistaxon Mamatboyeva partiyaning Marg‘ilon shahar Kengashi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha Jamoatchilik asosidagi o‘rinbosari etib saylandi.

Viloyatda “Yoshlar qanoti”ning hisobot-saylov Konferensiyalari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Javohir ShAMSUDDINOV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi 

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri.

  • Ko'rildi
    1421
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+