Qashqadaryoda O’zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning viloyat hisobot konferensiyasi o‘tkazildi

05.10.2020, 15:49

Qashqadaryoda O’zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning viloyat hisobot konferensiyasi o‘tkazildi

Konferensiyada 225 nafar yoshlar orasidan vakil etib saylangan 45 nafar yigit-qizning 20 nafari bevosita, 25 nafari esa onlayn tartibda videokonferensaloqa orqali qatnashdi.

Konferensiyada Qashqadaryo viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti”ning o‘tgan davrdagi faoliyati tahlil qilindi. Bu borada O’zLiDeP viloyat Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha  o‘rinbosari  Dilshod Usmonov hisoboti tinglandi. Shuningdek, O’zLiDeP Respublika Ijroiya Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Yusufjon Yusupov onlayn tarzda konferensiyada ishtirok etib, qashkadaryolik yoshlar faoliyatiga muvafaqqiyat tiladi.

«Yoshlar qanoti»ning yoshlar bilan ishlash samadorligini oshirish va uning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan Yo‘l xaritasini muhokama qilish hamda tasdiqlash masalasi yuzasidan yoshlar bilan fikr almashildi. Yo‘l xaritasiga bildirilgan taklif va mulohazalar asosida yozma hamda og‘zaki shaklda takliflar olindi. Shuningdek, faol yoshlardan iborat jamoatchilik Kengashi tarkibi tasdiqlandi hamda respublika konferensiyasida ishtirok etadigan delegatlar tasdiqlandi.

Tadbirdan so‘ng jamoatchilik Kengashi a’zolari ishtirokida stol tennisi, shaxmat-shashka va armrestling spor turlari bo‘yicha o‘zaro musobaqa tashkil etildi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    666
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+