Navbahor tumanida partiyaning Yoshlar qanoti faoliyati sarhisob qilindi
06.10.2020, 16:43

O‘zLiDeP Navbahor tuman kengashi tomonidan “Yoshlar qanoti” guruhining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Navbahorlik yoshlarni bir joyga jamlagan ushbu tadbirda "Yoshlar qanoti" faoliyatining 9 oylik sarhisobi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, “Yoshlar qanoti” Jamoatchilik Kengashi ko‘magida yoshlar bilan ishlash samadorligini yanada oshirish, yoshlarni ezgu maqsadlar yo‘lida jipslashtirish, shu bilan birga Kengash faoliyatini ham takomillashtirish masalalari muhokama etildi. Faollar tomonidan aytilgan takliflarga asosan, galdagi vazifalar uchun chora- tadbirlar yo‘l xaritasini tuzish hamda uni tasdiqlash, O‘zLiDeP Navoiy viloyati “Yoshlar qanoti” jamoatchilik Kengashi Konferensiyasiga delegatlar saylash masalalari ko‘rib chiqildi.
Konferensiyada O‘zLiDeP Navbahor tuman Kengashi Yoshlar qanoti Jamoatchilik Kengashi raisi ham saylandi.
Yoshlar qanoti faollari tomonidan partiya jamoatchilik Kengashi qoshida Yoshlar Press klubini tashkil etish bo‘yicha taklifi bildirildi va ma’qullandi.
Konferensiya yakunida yil davomida partiyaning targ‘ibot-tashviqot ishlarida faol ishtirok etgan bir guruh yoshlar partiya tuman kengashi va deputatlar tomonidan rag‘batlantirildi.
O‘zLiDeP Navoiy viloyati kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarga e’tibor-kelajakka e’tiborning namunasidir
24.05.2023, 13:05
-
O‘zLiDePdan Yoshlar parlamentiga saylangan a’zolariga partiyaning Ishonch yorliqlari topshirildi
11.05.2023, 10:43
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Qoraqalpog'istonlik talab-yoshlar referendumda faol ishtirok etadi
20.04.2023, 14:15
-
Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi
06.04.2023, 12:52
Fikringizni qoldiring