O'zLiDeP "Yoshlar qanoti"ning Konferensiyasida munosib delegatlar saylandi

12.10.2020, 15:36

 O'zLiDeP

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi "Yoshlar qanoti"ning hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada asosan partiyaning "Yoshlar qanoti" tomonidan o‘tgan ikki yillik faoliyati sarhisob qilindi.

Bugungi kunda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 50 minga yaqin partiya a’zolarning 22 mingdan ziyodini yoshlar tashkil etib, ular 988 ta boshlang‘ich partiya tashkilotiga biriktirilgan holda faoliyat olib bormoqda.

Bu borada partiyaning "Yoshlar qanoti" tomonidan ham yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, faol tashabbuskor  shijoatli  yoshlarni partiya safiga qamrab olish, ishsiz uyushmagan yoshlarnng bandligini ta’minlash,  ularni  tadbirkorlikka jalb etish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, imtiyozli kreditlar ajratilishiga yordam berish maqsadida partiyaviy  loyihalar  doirasida  bir  qator amaliy ishlar olib borildi.

Jumladan, o‘tgan yillar davomida Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan jami 515 ta uchrashuvlar, partiyaviy  loyihalar  o‘tkazilgan bo‘lsa, unda 35 mingdan ziyod yoshlar  faol ishtirok etdi.

Birgina "Yoshlar parlamenti"ning tashkil qilinishi yoshlar hayotidagi muhim yangiliklardan biri bo‘ldi. Bu o‘z navbatida Respublikamizda yoshlarga yaratilib berilayotgan imkoniyat, shart-sharoitlar yuqori darajada tashkil etilganidan darak beradi.

Yoshlar parlamenti a’zoligiga  Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlardan 5 nafar yosh  Yoshlar parlamenti a’zosi bo‘ldi.

O‘tkazilgan hisobot-saylov Konferensiyada partiyaning "Yoshlar qanoti" faoliyatining olib borgan ishlari, erishgan natija va kamchiliklar ham tanqidiy tahlil qilindi.   

Shuningdek, yoshlar qanotining "Yo‘l xaritasi"da belgilab berilgan ustuvor vazifalar, bandlik va ishsizlik masalasi, tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochish, imtiyozli kreditlar berish, yosh kadrlarni tayyorlash kabi masalalar o‘rtaga tashlandi.

Uchrashuv davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan “Yoshlar qanoti" jamoatchilik kengashi tarkibi tasdiqlanib, respublika  Kengashi konferensiyasiga munosib  delegatlar saylandi.  

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    721
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+