Samarqandda O`zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning faoliyati sarhisob qilindi
12.10.2020, 16:31

O`zLiDeP Samarqand viloyati kengashi “Yoshlar qanoti” jamoatchilik Kengashining hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etildi.
Undada partiya Samarqand viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” faoliyatining o‘tgan davrdagi faoliyati sarhisob qilindi.
Ta’kidlash joizki, hisobot davrida Samarqand viloyat Kengashida boshlang‘ich partiya tashkilotlarining soni 1236 ta bo‘lib, shundan 318 ta BPTga yoshlar rahbarlik qilib kelmoqda. Partiya a’zolar soni esa 102 253 nafar bo‘lib, shundan 58 321 nafarini 18-34 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.
Bundan tashqari, joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi huzurida tashkil etilgan “Yoshlar parlament”iga “Yoshlar qanoti”ning olti nafar nafar faoli munosib deb topildi.
Yig‘ilishda qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan qamchiliklar ham muhokama etildi. “Yoshlar qanoti”ning yoshlar bilan ishlash samadorligini yanada oshirish, uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.
Tadbir davomida “Yoshlar qanoti” Jamoatchilik Kengashining yangi tarkibdagi 25 nafar a’zolari tasdiqlandi hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
O’zLiDePning “Yosh innovatorlar va texnologlar” ko‘rik-tanlovi loyihasi doirasida muloqot o‘tkazildi
05.04.2021, 19:41
-
Deputat va yoshlar uchrashuvi sayxunobodlik tomorqachining xonadonida o‘tkazildi
17.03.2021, 18:31
-
«Samarqand IT-PARK» markazida talaba yoshlar va blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
16.03.2021, 17:44
-
"Imron Textile Group" korxonasining ishchi yoshlari O’zLiDePga a’zo bo‘ldi
16.03.2021, 17:40
-
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar muammolari o‘rganildi
16.03.2021, 17:35
Fikringizni qoldiring