O‘zLiDeP hududiy kengashlarning sayyor uchrashuvida muammolar muhokama etildi

22.01.2018, 16:42

O‘zLiDeP hududiy kengashlarning sayyor uchrashuvida muammolar muhokama etildi

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tomonidan viloyatning Xatirchi tumanidagi “Bog‘ishamol”, “Mustaqillik”, “Huddon” va “Chechak ota” MFY fuqarolari ishtirokida navbatdagi sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Ushbu cayyor uchrashuvda O‘zLiDeP viloyat Kengashi xodimlari, tuman ichki ishlar bo‘limi sektor rahbarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlar va mahalla faollari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida gaz va elektr energiyasidagi uzilishlarni bartaraf etish, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi ta’minoti, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda yoshlarni ishga joylashtirish masalalari yuzasidan taklif-tavsiyalar bildirildi.

 “Mustaqillik” mahallasida yashovchi fuqaro X.Jalilov yo‘llarda piyoda o‘tish joyidagi belgilarning ranglari o‘chib ketgani va ularni  yangilash to‘g‘risida taklif bildirdi. Ushbu muammoni tuman ichki ishlar bo‘limi va tuman avtoyo‘l bo‘limi bilan hamkorlikda bartaraf etishga kelishib olindi.  

– Mahallada elektr energiyasi tez-tez uziladi, – deydi “Bog‘ishamol” mahallasi “Mang‘ich” qishlog‘ida yashovchi fuqaro Q.Berdiyev. – Uchrashuv davomida   tuman elektr ta’minoti bo‘limi xodimlari muammoni tez orada hal qilishni o‘z zimmalariga oldilar.

“Chechak ota” mahallasida yashovchi fuqaro X.Qo‘ldoshev oqma gazning bosimi pastligi sababli suyultirilgan gaz ballon olish bo‘yicha murojaat qildi. Mazkur murojaat yuzasidan Xalq deputatlari tuman  Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan mas’ul idora rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuboriladigan bo‘ldi.

 

Ch.RADJABOV,

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashining

jismoniy va yuridik shaxslarning

murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1244
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+