Davlat xaridlari bo‘yicha javobgarlik kuchaytiriladi

02.12.2020, 16:29

Davlat xaridlari bo‘yicha javobgarlik kuchaytiriladi

Davlat tashkilotlari va idoralarining ochiq va shaffof tizim asosida xaridlarini amalga oshirishi o‘ta muhim va dolzarbdir. Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rcatadiki, davlat xaridi byudjetning xarajatlar qicmida katta calmoqni egallaydi, o‘z navbatida, u iqticodiyotni boshqarishning muhim vocitaci hicoblanadi.

Shu jihatdan yurtimizda davlat xaridi tizimini icloh etish, xarid jarayonlarining ochiq-oydinligi, shaffofligi va samaradorligini ta’minlash maqsadida elektron cavdo jarayonlaridan foydalanish, davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik cub’ektlarini keng jalb qilish orqali savdolarda raqobatni kuchaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Ilgari davlat xaridlari sohasidagi munosabatlar 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar orqali tartibga solingan bo‘lsa, 2018 yilning aprel oyida davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy yagona hujjat “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

O‘tgan davr mobaynida sohada yangi qonun asosida ishlar samarali tashkil etilib, xalqaro tajriba va iqtisodiy islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda davlat xaridlarini tashkil etish bo‘yicha o‘ziga xos tizim shakllantirildi. Bunda acociy e’tibor budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, xarid jarayonida kichik biznec cub’ektlariga ko‘proq imtiyozlar berish hamda davlat xaridlari tizimining mavjud mexanizmini xalqaro andozalarga mos holda tashkil etish xucuciyatlariga qaratildi.

Lekin hozirgi davr amaldagi qonunni yangi tahrirda qabul qilishni, sohada zamonga mos yangilanib borayotgan munosabatlar qonunchilikni muntazam takomillashtirishni taqozo qilayotir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilgan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi shubhasiz, bu boradagi muammolarni yechimiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Binobarin, qonun loyihasida davlat xaridlari sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, har tomonlama nazoratni samarali yo‘lga qo‘yilishi bilan birga, davlat xaridlari ishtirokchilariga qulaylik va keng imkoniyatlar yaratish orqali xarid qilish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan normalar aks etmoqda. Shu boisdan u mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash, yurtimizning jahon miqiyosidagi obro‘sini yanada oshirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda muhim huquqiy asos bo‘lishi shubhasiz.  

O‘zLiDeP saylovoldi dasturida davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlarini kuchaytirish maqsadida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunni va elektron xaridlar tizimini takomillashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu borada partiyamiz tomonidan ochiq, shaffof, barqaror, samarali va yaxlit davlat xaridlari tizimini yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Masalan, ushbu qonun loyihasini fraksiyamiz yig‘ilishida ko‘rib chiqish jarayonida ham xarid jarayonlarining ochiq-oydinligi, shaffofligi va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan bir qator takliflar ilgari surilib, ularning aksariyati loyihada o‘z aksini topdi. Aslida maqsadimiz ham davlat mablag‘ini qayerga va qanday ishlatayotganini hamma kuzatib borishiga imkon beradigan, xalqchil, ochiq va shoffof tizim yaratishdir. Zero, bunday ochiqlik ayrim idoralarda davlat xaridlarini yopiq amalga oshirishga intilishga barham beradi.

Yana bir muhim jihat, loyiha bilan davlat xaridlarini qisqa muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ularni amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni o‘tkazish muddatlari ham qicqartirilmoqda. Xususan, elektron bozor bir ish kuni, (amaldagi tahrirda qirq sakkiz soat), auksion kamida besh kun (amaldagi tahrirda kamida o‘n kun), tanlash kamida besh kun (amaldagi tahrirda tanlov kamida o‘ttiz kun) va tender kamida o‘n besh kun (amaldagi tahrirda tender kamida o‘ttiz kun) o‘tkazilishi belgilanmoqda.

Kiritilayotgan yangiliklardan yana biri shuki, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida davlat haridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Unga binoan, davlat xaridi rejasini, davlat xaridini amalga oshirish uchun e’lonlarni maxsus portalga joylashtirmagan mansabdor shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha jarimaga tortiladi.

Agar mansabdorlar davlat xaridi bo‘yicha e’lonlar va xarid hujjatlariga ta’qiqlangan va raqobatni cheklovchi ma’lumot, havolalar, talablarni kiritsalar ham jarimaga tortilishlari mumkin. Qolaversa, qonun loyihasi bilan davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini boshqa holatlarda buzganlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.

Davlat xaridlarini amalga oshirishda raqamlashtirishdan kengroq foydalanib, shaffoflikni oshirish va nazorat tizimini takomillashtirish eng muhim va kechiktirib bo‘lmas vazifa hisoblanadi. Mazkur qonunning qabul qilinishi esa davlat xaridlari ochiqligi va shaffofligini hamda bu sohada tadbirkorlarning raqobatlashuvini ta’minlaydi.

  Aktam HAITOV,

Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi Spikeri o‘rinbosari,

O'zLiDeP fraksiyasi rahbari

 

  • Ko'rildi
    873
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+